Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birinchi fevral kuni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligi yuzaga kelishi kerak edi. Afsuski, “An-Nassr” klubi hujumchisi Ar-Riyoddagi uchrashuvni jarohati sabab o‘tkazib yubordi. Messi ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamadi va faqatgina 83-daqiqaga kelib maydonga tushdi. Uchrashuvda Saudiya klubi g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi bahslarda argentinalik futbolchining ko‘proq omadi chopgan. Messi prinsipial raqibini 17 uchrashuvda mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan, Ronalduda bu ko‘rsatkich 11 taga teng. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi birinchi bahs 2008-yilning 23-aprelida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Ronaldu 23 yoshda, Messi esa endigina 20 yoshga kirgan edi. Uchrashuvda argentinalik futbolchi Ispaniyaning “Barselona” jamoasi, Ronaldu “Manchester Yunayted” jamoasi libosida harakat qilgan.  

Chempionlar Ligasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda ikki futbol yulduzi ham ilk daqiqalardan ishtirok etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida “Barsa” himoyachisi Milito to‘pni qo‘li bilan to‘xtatdi. Hakam penalti nuqtasini ko‘rsatdi. To‘pga zarba bergan Ronaldu darvozabon Viktor Valdesni chalg‘itishga erishdi ammo u tepgan to‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi. O‘shanda futbolchiga muxlislarning shovqini halaqit qilgan bo‘lishi mumkin. Kataloniyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hech kim darvozani ishg‘ol eta olmadi.

 

Angliyadagi javob uchrashuvida Pol Skoulzning goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va “Manchester Yunayted” finalga yo‘l oldi.

2008-yilning yakunida Ronaldu o‘zining birinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Bir yil o‘tib, Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchi “Ronaldu-Messi” qarama-qarshiligiga o‘zgacha joziba ato etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »