Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Apple kompaniyasi odamlarni iPhone’ni quritish uchun guruchdan foydalanmaslikka chaqirdi. Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash jamoasi iPhone foydalanuvchilariga murojaat qildi.

Foto: X

Kompaniya smartfonga suv kirib qolgan taqdirda boshqa tavsiyalar bilan ham o‘rtoqlashdi.

“Odamlar nam iPhone’ni saqlab qolishi uchun guruchga solish usulidan ko‘p marta foydalangan. Biroq tadqiqotchilar bir necha yillardan buyon bu afsona ekanini va guruch suvni tortib ololmasligini, balki smartfonning asosiy platasini keyingi zararlarga nisbatan himoyasiz holga keltirishini ko‘p yillar davomida bahslashmoqda”, — deydi mutaxassislar.

Shuningdek, iPhone’ni fen bilan quritish yoki uning ulagichlariga paxta tayoqchalari yoki tish cho‘tkalari kiritish ham zararli hisoblanadi. Buning o‘rniga, ortiqcha namlikni olib tashlash uchun qurilmani biroz silkitib, keyin uni yaxshi shamollatiladigan quruq joyda qoldirish yaxshiroqdir.

“Keyin smartfon egalari kamida 30 daqiqa kutishlari va qurilmani kabel orqali zaryad qilishga harakat qilishlari kerak. Agar iPhone javob bermasa, uni quruq joyga qaytarish va u yerda taxminan bir kun ushlab turish lozim. Agar tavsiyalarning hech biri yordam bermasa, qo‘llab-quvvatlash yoki xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish kerak”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, iPhone’ning so‘nggi modellari suvga qisqa muddatga bardosh bera oladi. Biroq Apple gadjetning suvga chidamliligi vaqt o‘tishi bilan pasayib borishi haqida ogohlantirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »