Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestridan quyidagi maʼlumotlarga ko‘ra, Petroleum Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylandi.

Bunga qadar zapravkalarning egasi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bo‘lgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023-yil may oyida 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro MCHJ xususiylashtirilishini eʼlon qilgan edi.

Petroleum Technology Group kompaniyasi hozirgacha UNG Petro’ni qachon va necha pulga sotib olgani haqida xabar bermagan.

Maʼlumot uchun, D.Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan Metropol Group MCHJning ham yagona taʼsischisi hisoblanadi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu borada fikr bildirar ekan, “Davaktiv O‘zbekistondagi eng yirik zapravka tarmog‘ini yana imi jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan ”egasiga“ topshirib qo‘ya qolgan ko‘rinadi”, deya yozmoqda

“Sopini o‘zidan chiqarib qo‘yishmagan bo‘lishganida, qanaqadir ”go‘zallik konkursi“ o‘tkazishgan yoki ikki qator ochiq axborot berishgan bo‘lishardi. Enidanam, bo‘yidanam, ostidanam, ustidanam talanayotgan O‘zbekneftegazni MCHJga aylantirib, tugatib yuborishsa kerak. Yana nimasi qoldi o‘zi?”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »