Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Oliy sudi bir ovozdan sobiq prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatladi hamda uni Respublikachilar partiyasining praymerizlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Shu tariqa Oliy sud Kolorado sudining qarorini bekor qildi. Unga ko‘ra sobiq prezident 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga qilingan hujumda ishtirok etgani uchun saylovda qatnasha olmasligi belgilangandi.

Foto: Google Images

Oliy sud qaroriga ko‘ra, shtatlar fuqarolarni prezidentlik saylovi uchun nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashga haqli emas. AQSH konstitutsiyasiga ko‘ra, bu qarorni faqat Kongress qabul qilishi mumkin.

Washington Post gazetasining ta’kidlashicha, Oliy sud odatda oy oxirida o‘z qarorlarini chiqaradi. Biroq Donald Tramp misolida istisno qilingan. Qaror 5-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Super seshanba” kunidan bir kun oldin e’lon qilindi. Shu kuni birdaniga 15 shtatda praymerizlar o‘tkaziladi.

Donald Trampning praymerizda ishtirok etishini taqiqlash qarori avvalroq Kolorado, Men va Illinoys shtatlarida qabul qilingan edi. Barcha holatlarda taqiq AQSH konstitutsiyasining 14-moddasi bilan izohlangan, unga ko‘ra mansabdor shaxslar qo‘zg‘olonda qatnashgan bo‘lsa, davlat lavozimlarini egallashi mumkin emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »