Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina 2024-yilda kamida 37 milliard dollar moliyaviy yordamga muhtoj. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

“Oxirgi ikki yilda biz xorijdan 75 milliard dollardan ortiq yordam oldik. Aslida, biz mudofaa xavfsizligi ehtiyojlari uchun faqat ichki resurslarni sarflaymiz”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjetni qo‘llab-quvvatlashning asosiy donorlari Yevropa Ittifoqi, AQSH, XVF, Yaponiya, Kanada, shuningdek, G7 ning boshqa davlatlari hisoblanadi.

Foto: Google Images

“Biz 2022-yilda taxminan 37 milliard dollar yig‘dik. 2023-yilda 42 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ to‘pladik. Bu yilgi reja hamkorlarimizdan kamida 37 milliard dollarlik yordamni jalb qilishdir”, — dedi Shmigal.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yil Ukraina byudjeti taqchilligi Ukraina yalpi ichki mahsulotining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi — 37 milliard dollar.

Hozirda Ukraina Yevropa Ittifoqidan 17,3 milliard dollar yordam kutmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »