Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” hukumati matbuot kotibi Kobulning qo‘shni davlatlar bilan yaxshi aloqalar bo‘yicha pozitsiyasini ta’kidlab, Afg‘onistonning boshqa davlatlar bilan chegaralarida xavfsizlikka tahdid yo‘qligini aytdi.

“Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari, jumladan Tojikiston bilan chegarada muammosi yo‘q.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chegaralar xavfsizligi Afg‘oniston tomonidan taʼminlangan. Kobul hukumati xavfsizlik kuchlari chegaradagi muammolar va tahdidlardan xabardor. Afg‘onistondan boshqa davlatlarga hech qanday zarar yetkazilmagan.

Foto: Google Images

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, kontrabanda masalasi ham o‘tmishdagiga nisbatan ancha kamaygan va bu muammoning oldini olish uchun harakat qilinmoqda.

“Tolibon” matbuot kotibi Afg‘oniston barcha qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishini va hech bir qo‘shni bilan muammolar bo‘lishini istamasligini taʼkidladi.

Mujohid “Yagona tizimning o‘rnatilishi bilan Afg‘oniston hozir xavfsiz mamlakatga aylangan, Afg‘oniston tuprog‘ini boshqa davlatlarga qarshi ishlatmoqchi bo‘lgan mustaqil yoki xorijiy guruh yo‘q”, — dedi.

Avvalroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar tufayli bu davlat Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga Afg‘oniston bilan umumiy chegara xavfsizligini mustahkamlash loyihasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »