Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi mamlakat Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiq ekanini ma’lum qildi.

4-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Metyu Miller Afg‘onistonga yordam uchun mablag‘ yetishmasligi haqidagi savolga javob berib, AQSH Afg‘oniston iqtisodiyotining asosiy muammolarini hal qilishga intilayotganini qo‘shimcha qildi.

“Biz mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etib, Afg‘onistondagi gumanitar inqirozda ko‘rilayotgan ko‘plab muammolarni kamaytirishga hissa qo‘shishga harakat qilamiz”, — dedi Metyu Miller.

Foto: Google Images

Millerning qo‘shimcha qilishicha, Amerika hozir ham Afg‘onistonga eng yirik gumanitar yordam yetkazib beruvchi hisoblanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil avgust oyidan beri Amerika Afg‘oniston xalqiga ikki milliard dollardan ortiq yordam bergan.

Ayni paytda Afg‘onistondagi yordam dasturlari mablag‘ yetishmasligiga duch kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi OCHA ma’lum qilishicha, 2024-yilda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan 3,06 milliard dollardan hozirgacha faqat 87 million dollar ajratilgan.

OCHA maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Afg‘onistonda 23,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj. 

Ushbu dasturga ko‘ra, Afg‘onistonda to‘rt million bola va ayol to‘yib ovqatlanmaydi va yordam kamayishi bilan vaziyat yanada yomonlashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »