Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mo‘g‘ulistonda mart oyi boshidan sovuq va ochlik sababli 3 089 420 bosh chorva mollari nobud bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Arxiv foto: CGTN

Chorva mollarining qishlashi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan hududlarga insonparvarlik yordami yuborilgan. Jami 2024-yil boshida ro‘yxatga olingan chorva mollarining 4,7 foizi yo‘qotilgan. Chorva mollari qor va muz qoplami ostida oziq-ovqat topa olmasligi oqibatida nobud bo‘lgan, bu har yili Mo‘g‘ulistonda kuzatiladigan ofatdir. 

Hozirgi vaqtda chorvachilik Mo‘g‘uliston iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2023-yil oxirida 3,4 million aholiga ega Mo‘g‘ulistonda 64,7 million chorva mollari bor edi. Yilning to‘rt faslida u 189,3 ming xonadon uchun ro‘zg‘or manbai sifatida xizmat qilmoqda. Rasmiy ravishda ish bilan band bo‘lgan har to‘rtinchi Mo‘g‘uliston fuqarosi chorvachilik bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda kuchli qor va sovuqdan 30 mingdan ortiq chorva nobud bo‘lgan edi. Shuningdek, 12 kun ichida mamlakatda kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuq tufayli kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohatlangan.

Fevral oyida esa qo‘shni Qozog‘istonda 200 ga yaqin ot ochlikdan nobud bo‘lgandi. Bunga havoning keskin sovishi ta’sir o‘tkazgan. Fermerlar favqulodda holat e’lon qilishni so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »