Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvada xavfsizlik kuchlari marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga gul qo‘yganlarni yana hibsga olishni boshladi. Inson huquqlari bo‘yicha “OVD-Info” loyihasi 5-mart kuni to‘rt nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar berdi.

Foto: Associated Press

Unga ko‘ra, politsiya Moskvada yashovchi Polina Orexovaning uyiga kelgan. U 17-fevral kuni miting tartibini buzganligi uchun Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy kodeksining 20.2-moddasi bilan ayblanmoqda. Orexova Ostankinskoye politsiya bo‘limiga olib ketilib, shaxsiy buyumlari, jumladan, mobil telefoni ham olib qo‘yilgan, deydi huquq faollari.

Huquq himoyachilarining qayd etishicha, o‘sha kuni ertalab yana bir fuqaro ushlanib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Erkak qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Komlev 16 va 17-fevral kunlari Navalniy xotirasiga gul qo‘ygan, 1-mart kuni uning dafn marosimida ham qatnashgan. Xavfsizlik kuchlari uning shaxsini videokuzatuv kameralari orqali aniqlaganliklarini aytishgan.

Bundan tashqari, “E” markazi xodimlari Yelena Gribkovani qo‘lga olib, Danilovskiy tumanidagi Ichki ishlar vazirligiga olib ketishgan, deb xabar beradi “OVD-Info”. Ma’lum qilinishicha, Gribkova 1-mart kuni Aleksey Navalniyning dafn marosimiga borgan, 17-fevral kuni esa ayol muxolifatchi xotirasiga bag‘ishlangan mitingda hibsga olingan, biroq ogohlantirish bilan qo‘yib yuborilgan.

Poytaxtda qo‘lga olingan Yelena Levina Novogireyevo tumani politsiya bo‘limiga olib ketildi, deb yozadi huquq faollari. Ilgari Levina 17-fevral kuni G‘am devoriga gul qo‘ygani uchun hibsga olingan, biroq o‘sha kuni ogohlantirish bilan qo‘yib yuborilgan, deya qo‘shimcha qiladi “OVD-Info”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »