Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi telefonini otib, o‘quvchilardan birining boshini yordi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, 5-mart kuni Marg‘ilon shahar 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 24 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi M.E. o‘quv jarayonining 6-soat darsini 5-“D” sinfiga o‘tayotgan bo‘lgan. Shu sinfning 12 yoshli o‘quvchisi U.J. hojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan, o‘qituvchi javob bermagan. Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozdan keyin qaytgach, o‘qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirishidan jahli chiqib o‘z qo‘l telefonini o‘quvchiga qarata otgan. Telefon U.J.ga tegib, oqibatda uning bosh qismi yorilgan.

U.J.ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

“Hozirda o‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Xorazmda o‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchi qizni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »