Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda o‘tgan qish fasli bo‘yicha maksimal va minimal haroratni maʼlum qildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ushbu yilning fevral oyida harorat tartibi turli xil bo‘ldi. Oyning birinchi yarmi ( oy boshidan tashqari (1–4-fevral)) juda iliq bo‘lib, u meʼyordan o‘rtacha 7-8 darajaga, shimoliy hududlarda esa meʼyordan 10-12 daraja issiqroq bo‘ldi. Ayrim kunlarda maksimal havo harorati, hatto respublikaning shimolida ham 20-23 daraja iliqqa, janubiy viloyatlarda esa 24-26 daraja iliqqa yetdi.

Iqlimiy maʼlumotlarga ko‘ra, bunday harorat qishning oxiriga qaraganda bahorning o‘rtalariga xos bo‘ldi. Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida fevral oyida havo harorati 25-27 darajagacha, janubda 29-32 darajagacha ko‘tarilgan yillar ham kuzatilgan. 16–17-fevral kunlari sovuq arktika havosining kirib kelishi natijasida harorat foni keskin pasaydi va oyning ikkinchi yarmi esa meʼyordan o‘rtacha 5 darajaga sovuqroq bo‘ldi.

Ushbu davrning eng sovuq kechalarida havo harorati 5-10 daraja sovuqqacha, janubda 0-4 daraja sovuqqacha, shimolda 12-15 daraja sovuqqacha pasaydi. Fevral oyida bunday harorat qiymatlari odatiy hodisadir. Hatto ushbu asrda ham kechalari harorat 15-20 daraja sovuqqacha, shimolda 25-30 daraja sovuqqacha pasaygan fevral oylari kuzatilgan.

Joriy yilning fevral oyida o‘rtacha oylik harorat respublika hududining katta qismida o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. O‘zbekistonning shimolida fevral oyi iqlimiy meʼyordan 1,5-2 darajaga iliqroq bo‘ldi. O‘zbekiston hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyorga yaqin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Qizilqum shimolida meʼyorga nisbatan kam (30 foizdan kam) bo‘ldi.

Oyning iliq davrida (5-fevraldan 15-fevralgacha) yog‘ingarchilik kam bo‘lib, tekislik hududlarda esa faqat jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatildi. Oyning boshida va uning ikkinchi yarmida asosan jadalligi kuchliroq bo‘lgan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik tez-tez kuzatildi. Ushbu davrda respublikaning tekislik hududlarida qor qoplami shakllandi. Qor qoplamli kunlar soniga ko‘ra, fevral oyi o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi.

Tog‘li hududlarda qor qoplami oy davomida saqlanib turdi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘larida oy oxiriga qor balandligi 70-115 sm ni, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida 30-50 sm ni tashkil etdi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga mos, ammo o‘tgan yilning fevral oyi oxiriga nisbatan 15-25 darajaga kam bo‘ldi.

Foto: “O‘zgidromet”

Aytilishicha, 2023–2024-yillarning qish mavsumi iliq bo‘lib, o‘rtacha mavsumiy havo harorati iqlimiy meʼyordan 1,5-2,6 darajaga yuqori bo‘ldi. Yanvar oyi o‘tgan qishning manfiy anomaliyasiga asosiy hissa qo‘shdi. Hududning katta qismida (respublika shimolidan tashqari) 2024-yilning yanvar oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.

Yanvar oyida o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy meʼyordan 3-4 darajaga, shimolda 1-2 darajaga ko‘p bo‘ldi. Dekabr ham iliq bo‘ldi. Ikkinchi o‘n yillikda sezilarli sovuq to‘lqinlariga qaramay, dekabr oyida o‘rtacha oylik harorat meʼyoriy qiymatlardan 1,5-2 darajaga, janubdagi 2,5-3 darajaga yuqori bo‘ldi.

Fevral oyining harorat tartibi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga mos bo‘ldi. Hududning katta qismida o‘tgan qish uchun eng past havo harorati 2023-yil dekabr oyida kuzatildi. Toshkentda dekabr oyining minimal harorati 15,9 daraja sovuq qayd etildi, bu hatto so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng past harorat bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »