Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil xalqaro hamjamiyat tomonidan bosim kuchayib borayotganiga qaramay, HAMASga qarshi urushni, jumladan G‘azo sektori janubidagi harbiy amaliyotini davom ettiradi, deb yozadi The Jerusalem Post gazetasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga tayanib.

“Xalqaro bosim bor va u kuchaymoqda, lekin xalqaro bosim kuchayganda, biz birlashishimiz kerak, urushni to'xtatishga urinishlarga qarshi turishimiz kerak‘, — dedi Netanyaxu.

U HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilishga erishishga va’da berdi.

“Isroil G‘azo sektorida, jumladan, HAMASning so‘nggi tayanchi bo‘lmish Rafahdagi amaliyotini davom ettiradi”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Foto: Google Images

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida Isroil mudofaa kuchlari katta miqdordagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni topdi, shuningdek, anklav janubidagi Xon-Yunis shahrining bir qancha hududlarida HAMASning bir nechta qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qildi. G‘azo sektorining markaziy qismida isroillik harbiylar HAMAS jangchilari guruhini yo‘q qildi.

Artilleriya G‘azo va anklavning boshqa shaharlaridagi nishonlarni ham o‘qqa tutdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »