Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 5-mart kuni “Tolibon” mudofaa vaziri Muhammad Yoqub Mujohid va Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Qori Fasihuddin Fitrat Qatarda o‘tkazilgan mudofaa sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan edi. Siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov “Daryo”ga “Tolibon” mudofaa vazirining Qatarga tashrifi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov
Foto: “Daryo”

Afg‘onshunos olimning ta’kidlashicha, bu Muhammad Yoqubning Qatarga ilk tashrifi emas, ikki tomon harbiy rahbari oldin ham uchrashgan.

Ikki tomon o‘rtasidagi harbiy rahbarlarning bu singari uchrashuvi birinchisi marta emas. Avvalroq ham “Tolibon” Mudofaa vaziri Mulla Yaʼqub Qatarga bir necha marta tashrif buyurgan va Qatar harbiy vakillari bilan birgalikda Qatar amiri bilan ham ko‘rishishga muvaffaq bo‘lgan,  — deydi siyosatshunos.

Suhrob Bo‘ronovning qo‘shimcha qilishicha, bir vaqtlar Pokiston tomonidan harbiy ko‘mak olgan “Tolibon” bugungi kunda Islomobod bilan munosabatlarining sovuqlashishi ortidan AQSH va uning ittifoqchisi bo‘lmish Qatar bilan aloqalarini yaxshilashga urinmoqda.

Mulla Yaʼqub “Tolibon” harakatining birinchi rahbari Mulla Umarning o‘g‘li. U “Tolibon” kuchlarining harbiy qanoti hisoblangan “Haqqoniy tarmog‘i” faoliyatiga katta taʼsir o‘tkaza oladi. Bu jihatdan aytganda, bir vaqtlar Pokiston tomonidan harbiy ko‘mak olgan “Tolibon” bugungi kunda Islomobod bilan munosabatlarining sovuqlashishi ortidan AQSH va uning ittifoqchisi bo‘lmish Qatar tomonidan nafaqat moliyaviy yordam, balki kutilgan harbiy qurollarni olish xususida kelishayotgan bo‘lishi mumkin, — dedi siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov.

Ma’lumot o‘rnida, Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan Dimdex nomli ko‘rgazmada turli shirkatlarning harbiy texnika va vositalari namoyish etilgan. Unda boshqa mamlakatlarning mudofaa vazirlari va harbiy amaldorlari ham ishtirok etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »