Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tish va milklar og‘riganda hamda yonoqlar shishganda iloji boricha tezroq stomatologga murojaat qilish kerak. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki,  noxush tish og‘rig‘i yarim tunda yoki uzoq yo‘lga chiqqanda bezovta qiladi. Bu holatda shifokorga yetib borguncha mustaqil tez tibbiy yordam orqali og‘riqni vaqtincha to‘xtatib turish mumkin.

Foto: Dzen

Avvalo og‘riq sababini izlaymiz

Ko‘pincha yaqinda davolangan tishda og‘riq kuzatiladi. Milklarda yoki tish ostida yallig‘lanish jarayoni rivojlangani sababli og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik jiddiy tus olganda shish kuzatiladi. Avvaliga shish deyarli sezilmaydi, keyin u asta-sekin o‘sib boradi va juda og‘riqli bo‘ladi.

Yallig‘lanishning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • shifokorga tashrif buyurgandan keyin noto‘g‘ri davolanish yoki mexanik shikastlanish sababli shish paydo bo‘ladi yoki kasallik rivojlanib ketadi;
  • yangi tish chiqayotgan paytda ham milk shikastlanadi, bu esa shish paydo bo‘lishiga olib keladi;
  • chaqaloqlardan tashqari katta yoshli insonlarda ham sut va aql tishi o‘sishi jarayonida shish paydo bo‘ladi;
  • ko‘p hollarda milkning shishishi kariyesdan, qattiq mahsulot iste’mol qilgandan yoki tishlarni noto‘g‘ri yuvishdan kelib chiqadi.

Tish og‘rig‘i va yonoqlar shishganda birinchi tez tibbiy yordam

Foto: Stoneforest
  • Iste’mol sodasi va tuz eritmasi (bir stakan suv uchun 0,5 choy qoshiqdan) bilan chayish;
  • Soda va suv (bir stakan suvga 2 osh qoshiq) ni antiseptik sifatida qo‘llash;
  • Shishgan milkni propolisli suv bilan yuvish;

Turli shifobaxsh giyohlar (moychechak, shalfey, qarag‘ay po‘stlog‘i) damlamasi bilan chayish hamda shishni ohista uqalash, muz qo‘yish kabilar shishni bartaraf etishda va og‘riqni vaqtinchalik to‘xtatishda qo‘llaniladi.

Agar yallig‘lanish kariyesdan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘g‘ralgan sarimsoq va piyozning teng qismlari aralashmasidan og‘rigan joyga kompress qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »