Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10-mart tongida UFC 299 turniri bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Turnirning asosiy jangi Shon O‘Melli hamda Marlon Vera o‘rtasida kechdi. Dastlabki 3 ta raundda Shon har tomonlama ustunlik qildi. Biroq, 4-raundda Vera ozgina ustunlik qilgan bo‘lsa-da, raund so‘ngida O‘Melli yana faollikni qaytarib oldi. 5-raundda ham raqibiga imkoniyat qoldirmagan O‘Melli minimal vaznda chempionlik jangini o‘ziniki qildi.

Shuningdek, yana bir asosiy jangda Dastin Porye 2-raundda Benua Sen-Denini nokautga uchratdi.

Foto: Getty Images

Maykl Peyj hakamlar qaroriga ko‘ra Kevin Holland ustidan g‘alaba qozondi. Pyotr Yan esa Son Yadonni mag‘lub etdi.

Asosiy kard natijalari:

  • Shon O‘Melli (18-1) ochkolar evaziga Marlon Verani (23-9-1) mag‘lub etib, kamarini himoya qildi.
  • Dastin Porye (30-8) 2-raundda Benua Sen-Denini (13-2) nokautga uchratdi;
  • Maykl Peyj (22-2) Kevin Hollandni (25-11) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi;
  • Jek Della Maddalena (17-2) Gilbert Bernsni (22-7) 3-raundda texnik nokautga uchratdi;
  • Pyotr Yan (17-5) ochkolari evaziga Son Yadon (21-8-1) ustidan g‘alaba qozondi;
  • Kyortis Bleyds (18-4) Jailton Almeydani (20-3) 2-raundda texnik nokautga uchratdi;
  • Mateush Gamrot (24-2) va Rafael dos Anyos (32-16) jangida Gamrot hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »