Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Ichki ishlar vazirligi Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida 587 gektar afyun ekiladigan yer yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Tolibon”ning narkotiklarga qarshi kurash politsiyasi Qandahor va Uruzgon viloyatlaridagi 58 gektar yer ham afyundan tozalangani haqida xabar berdi.

“Tolibon” taqiqlaganiga qaramay, Afg‘onistonda, ayniqsa, mamlakat janubida tarkibida giyohvand modda bor o‘simliklar yetishtirish davom etmoqda.

Foto: Google Images

“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda ikki yil avval Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlovchi farmon chiqargan edi.

“Tolibon” rasmiylari Afg‘onistonda afyun yetishtirish tugatilganini bir necha bor daʼvo qilgandi, biroq ular giyohvand moddalar ekilgan yerlar tozalangani haqida xabar berishda davom etmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ham Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish 90 foizga kamayganini ma’lum qilgan.

Ushbu boshqarma, shuningdek, giyohvand moddalar yetishtirishning kamayishi daromadi shunga bog‘liq bo‘lgan qishloq dehqonlarini qiyin ahvolga solib qo‘yganini va shuning uchun boshqa mahsulotlar yetishtirish juda muhimligini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »