Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qalin va uzun sochlar, chiroyli yuz terisi va jozibali ko‘zlar hind ayollariga tabiat tomonidan in’om etilgan deb fikrlaydi ko‘pchilik. Aslida esa hindistonlik ayollar bunga mehnat va alohida parvarish orqali erishadi hamda ularning go‘zallik sirlari avloddan-avlodga o‘tib keladi. Ularning asosi tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadigan kosmetik vositalar va doimiy parvarish kun tartibining ajralmas qismiga aylanganidadir.

Kokos moyi

Foto: Wday

Kokos moyi eng keng tarqalgan kosmetik mahsulot bo‘lib, u terini va sochni oziqlantiradi, namlaydi va xushbo‘y his taratadi. Sochlari yaxshi o‘sishi va qalin bo‘lishini ta’minlash uchun hind qizlari yuvinishdan avval bosh terisini kokos moyi bilan uqalaydi va niqobni 30 daqiqaga qoldiradi. Bollivud va Gollivudning yorqin aktrisasi Priyanka Chopra kokos moyidan muntazam foydalanishi va uni namlantiruvchi eng yaxshi vosita ekanligini ta’kidlagan.

Kurkuma (zarchava)

Foto: Wday

Kurkuma — bu hind ayollari tomonidan go‘zallik muolajalarida faol qo‘llaniladigan sariq rangli ziravor. U yuz terisini oqartirish, husnbuzarlar va ajinga qarshi kurashda yordam beradigan vositadir.

Masalan, sohibjamol hind aktrisasi Dipika Padukone tabiiy yogurt va kurkumani bir xil massada aralashtirib, ozgina limon suvi qo‘shilgan niqobdan tez-tez foydalanadi. Mazkur aralashma yuzda uzog‘i bilan 15-20 daqiqa turadi, aks holda undagi kurkumin moddasi yuzni qizdirishi va teri rangini o‘zgartirishi mumkin.

Tvorog

Tvorog mahsuloti soch uchun niqoblar tayyorlashda hind ayollari tomonidan keng qo‘llaniladi. Quruq sochlarni tiklash uchun yarim stakan tvorogni ikkita tuxum va ikki osh qoshiq bodom yog‘i bilan aralashtiring, niqobni bosh terisiga surting va yarim soatga qoldiring. So‘ng sochlaringizni shampun bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim.

Atirgul suvi

Foto: Wday

Atirgul suvi tarkibidagi elementlar teri uchun tabiiy tozalash vositasi hisoblanadi. U yuzning ortiqcha yog‘lanishini oldini olishga yordam beradi, terining qizarishini kamaytiradi, namlaydi va qulaylik hissi beradi. Atirgul suvi tabiiy gul barglaridan tayyorlanganligi sababli u hech qanday nojo‘ya ta’sirga ega emas va teri turidan qat’iy nazar barcha ayol-qizlar foydalanishi mumkin.

Atirgul suvi sovutish ta’siriga ega bo‘lganligi sababli ko‘p terlashga moyil bo‘lgan yoki qizil yuzli ayollar uchun koni foydadir.

Asal

Asal hind ayollari tomonidan kosmetik maqsadlarda ishlatiladigan eng sevimli mahsulotlardan biridir. Uning tarkibiga kiritilgan antioksidantlar va shifobaxsh vitaminlar terini namlaydi, uning yangilanishiga yordam beradi, husnbuzarlar, chandiqlar va kuyish izlarini davolaydi, sochni tiklaydi.

Hindistonlik maftunkor aktrisa Aliya Bhatt shakar va asaldan skrab tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Ushbu niqob terini tozalaydi va yuzga yumshoqlik baxsh etadi.

Teri va sochni namlash uchun hind qizlari asalni oz miqdorda jojoba moyi bilan aralashtirib niqob tayyorlaydilar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »