Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH mamlakat milliy xavfsizligiga tahdidlarning yillik bahosi bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Unda Afg‘oniston masalasi ham tilga olingan.

Hisobotda muxolifatning “Tolibon” rejimiga tahdidli qarshilik ko‘rsatish ehtimoli pastligi, chunki “ko‘plab afg‘onlar ‘Tolibon’ urushi va qasosidan” charchaganligi aytiladi.

Ushbu hisobotda “Tolibon”ga qarshi turgan qurolli kuchlar “kuchli yetakchi va chet eldan yordamga ega emas”ligi qo‘shimcha qilingan.

Foto: 8am.media

Biroq, AQSH razvedka agentliklarining xulosalari shuni ko‘rsatadiki, “Tolibon” rejimi Afg‘onistonning hozirgi gumanitar inqirozi va iqtisodiy zaif tomonlarini bartaraf etmaydi va “diniy boshqaruvni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berishda davom etadi”.

Hisobotda aytilishicha, “Tolibon” cheklovchi chora-tadbirlarni amalga oshirishda, jamoat oldida jazoni ijro etishda, norozilik namoyishlarini bostirishda, ko‘proq ayollar va qizlarning o‘rta maktab va universitetlarda o‘qishiga yo‘l qo‘ymaslikda davom etadi.

AQSHga ko‘ra, mintaqaviy kuchlarning diqqat markazida Afg‘oniston muammolarini bu mamlakat ichida ushlab turish va, shu bilan birga, “Tolibon” bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish turibdi.

Hisobotda mintaqa davlatlari “Tolibon”ning bu harakatni tan olish talabiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi ta’kidlangan.

Avvalroq BMT bosh kotibi ham o‘z hisobotida “Tolibon”ning qurolli muxolif guruhlari ushbu harakatga qarshi hududlarni nazorat qilishda “hech qanday qiyinchilik” yaratmaganini yozgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »