Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bugun, 13-martdan “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bergandi. Ayni paytda ovoz berish uchun zarur platforma – “Open budjet” portalida texnik nosozlik kuzatilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, mutaxassislar “Ochiq byudjet” portalida kuzatilayotgan texnik muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Maʼlumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish muddati 13-martdan 1-aprel, soat 23:59 ga qadar davom etadi. Fuqarolar “Ochiq byudjet” portali orqali yoki portalning mobil ilovasida tanlagan loyihalariga ovoz berishlari mumkin.

Joriy mavsumda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bu hududlarda infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar, ekologiya va madaniyatni yaxshilashga yordam beradigan juda katta mablag‘ ekani maʼlum qilingan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgacha portalga 9 443 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 35 575 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 919 tasi maʼqullangan. Joriy mavsumdan boshlab ovoz berish jarayonida “Bir fuqaro, bir ovoz” tamoyili ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »