Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistondagi ikkita oltin koni tenderga qo‘yildi. “Tolibon” Tog‘-kon sanoati vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, arizalar 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Ular Badaxshonning Shahri-Buzurg va Qunduzning Qal’ai Zol viloyatlarida joylashgan bo‘lib, birinchisining hududi ikkinchisiga qaraganda 15 baravar katta.

Foto: Google Images

Boshqa bir press-relizda taʼkidlanishicha, ayni paytda Taxar viloyatida – Rustak, Xo‘ja-G‘ar, Kalafg‘on, Hazor-Sumuch va Dashtiqal’a tumanlarida 2 mingdan ortiq kishi oltin qazib olish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lib, ularga 80 ga yaqin qazib olishga ruxsatnomalar berilgan.

Ilgari Afg‘onistonda oltin qazib olish noqonuniy tarzda amalga oshirilgan, ammo “Tolibon” davrida bu sohada tekshiruvlar o‘tkazildi, konlar hisobi yuritila boshlandi va tadqiqotlar amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, hozirda Afg‘onistonning Namaki Ob mintaqasida oltin qazib olish bo‘yicha Xitoyning Afg-Chin Oil & Gas Ltd kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »