Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida taʼlim muassasalarini qo‘riqlashning yangi tizimi doirasida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pichoq olib yurish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida soat 13:50 larda 35-sonli maktabga kirishga uringan bir yigitni yangi tizim asosida xizmat qilayotgan maktab qorovuli to‘xtatib qolgan. “Shu maktabda o‘qiysizmi?”, degan savolga u “o‘qimayman”, deb javob bergan va nima uchun maktabga kelganini tushuntira olmagan.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatiga qarashli tezkor harakatlanuvchi guruh chaqirilib, yigit ichki ishlar organlari profilaktika inspektoriga topshirilgan. U 2007-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi I.X. ekani aniqlangan. Profilaktika inspektori yigitning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilgan, uning huzurida shaxsiy tintuv vaqtida oshxona pichog‘i topilgan.

Shuningdek, soat 18:20 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar xavfsizligini taʼminlash, huquq-tartibotni saqlash maqsadida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlariga 4-sinf rahbari jismoniy tarbiya darsi oldidan kiyim almashtirish xonasida 10-sinf o‘quvchilari U.I. va T.A. sinfdoshlariga sport sumkasida olib yurgan pichoqni ko‘rsatgan.

O‘quvchilar U.I. va T.A.ning ota-onalari maktabga taklif etilib, ular bilan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB profilaktika inspektori va maktab direktori profilaktik suhbat o‘tkazgan. O‘smirlardan pichoq olib qo‘yilib, ularning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »