Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish va Rossiya bilan mojaroda qatnashish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘lishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Italiya harbiylari tinchlik va erkinlik tarafdori.

Biz xalqaro huquq va Ukraina erkinligini himoya qilamiz, lekin Rossiya bilan urishmayapmiz. biz Kievga har qanday harbiy, iqtisodiy va texnik vositalarni beramiz, ammo urushga kirish menga xato bo‘lib tuyuladi va italiyaliklar ham buni xohlamaydi, — dedi Tayani RAI telekanaliga bergan intervyusida.
Foto: Google Images

Fevral oyi oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilishlari kerakligini, ya’ni uning hududiga G‘arb qo‘shinlarini yuborishni istisno qilmaslik kerakligini aytgandi.

Keyinchalik Makron‘‘biror narsani istisno qilmaslik uni qilishni anglatmaydi’’, dedi. Italiya mudofaa vaziri Guido Krosettoning aytishicha, Fransiya NATOning barcha a’zolari nomidan gapira olmaydi. Ukraina hududiga qo‘shin yuborish g‘oyasi Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya tomonidan ham rad etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »