Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 18 yoshli ikki nafar qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar qilingan edi. Viloyat IIBning “Daryo”ga xabar berishicha, yana bir qiz qidirilmoqda.

Foto: Farg‘ona IIB

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati IIB tomonidan Uchko‘prik tumani, “Katta-Qorako‘l” mahallasi, Rahmatillo qishlog‘ida yashagan, 2008-yilda tug‘ilgan Fozilova Ruxshonaxon 3-mart kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgani sababli qidirilmoqda.

Egnida qora rangli shapkali jemper, boshida to‘q yashil va qizil rangli yo‘l-yo‘l ro‘mol, oyog‘ida qora rangli, ayollar oyoq kiyimi, o‘ng qo‘lida rangli metalldan yasalgan uzugi bo‘lgan. Belgilari: bo‘yi taxminan 160-165 sm, bug‘doyrang, uzunchoq, sochi qora, quloqlari o‘rtacha, burni o‘rtacha, lablari o‘rtacha qalinlikda, tishlari tabiiy butun va ruhan sog‘lom.

Bedarak yo‘qolgan fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan 73-244-02-85, 73-244-02-76 yoki “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berish so‘raldi. Bedarak yo‘qolgan shaxsning topilishida amaliy yordam bergan fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »