Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda 13 yashar bola Damas’da oyog‘i zanjir bilan kishanlangan holda topilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Videodan kadr

IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev bergan ma’lumotga ko‘ra, bu haqda xabar viloyat IIB 102 operatoriga 16-mart kuni xabar kelib tushgan va hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirgan. Bolani “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirib, psixolog yordamida zaruriy ko‘maklar berish choralari ko‘rilgan.

“Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovning yozishicha, bolani bandi holatda ko‘rgan atrofdagilar 102 ga qo‘ng‘iroq qilgan. IIO xodimlari zo‘ravon shaxsning sobiq xodim ekanini bilgach, atrofdagilarga bu holatning zo‘ravonlik bo‘lmagani haqidagi dalolatnomaga qo‘l qo‘ydirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni nazoratga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »