Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonlik investor “Tolibon” harakatining tog‘-kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchisi bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi mineral resurslar, xususan oltin konlariga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini aytdi.

“Tolibon” konchilik va neft vazirligi matbuot xizmati axborot byulletenida, vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi Shahobiddin Delaver Qirg‘izistonning tog‘-kon kompaniyasi bo‘lgan “ALLATOY” rahbari va unga hamroh bo‘lgan jamoa bilan uchrashgani haqida xabar berdi.

Foto: Google Images

Qirg‘izistonlik investor ushbu kompaniya afg‘on muhandislariga tog‘-kon sanoatining turli sohalarida amaliy va texnik tayyorgarlik ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

O‘z o‘rnida “Tolibon”ning kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchisi Afg‘onistonda milliy xavfsizlik ta’minlangani va sarmoya kiritish uchun yaxshi zamin yaratilganini aytdi.

Delaver Afg'onistonning mineral resurslariga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo'lgan barcha xorijiy sarmoyadorlarni olqishlab va Afg'oniston konlariga to'liq ishonch bilan sarmoya kiritishlari mumkinligini qo'shimcha qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »