Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya davlati g‘ayrioddiy konkurslar va musobaqalar bilan mashhur. Masalan, so‘nggi yillarda tirannozavrlar poygasi mamlakatda ommalashib bormoqda: ishtirokchilar puflanadigan tirannozavr reks kostyumini kiyib, poygada qatnashadi. So‘nggi ikki yil ichida Yaponiyada 40 dan ortiq shunday poygalar o‘tkazildi.

Foto: The smartlocal Japan

Tirannozavrlar poygasi 2019-yilda AQSHda paydo bo‘lgan. Vashingtonning Obern shahrida o‘nlab odamlar tirannozavr kiyimida Emerald Downs poyga yo‘lagiga yig‘ilgan. O‘sha kundan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘lib kelayotgan quvnoq poyga boshqa davlatlarda ham o‘tkazila boshlandi.

Foto: Emerald downs

Jumladan, 2023-yil yanvar oyida Yaponiyaning Futsu shahrida ana shunday poyga bo‘lib o‘tdi. U yerda 60 nafar ishtirokchi yoshga qarab uch toifaga bo‘lindi. Musobaqada hatto bolalar ham qatnashdi.

Foto: Time Out

O‘tgan yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan poygada esa 200 dan ortiq “tirannozavrlar” jalb etildi. Ba’zi ishtirokchilar ta’kidlashicha, bunday yugurish ularga stressdan xalos bo‘lishga va kundalik hayotdan chalg‘ishga yordam beradi.

Poygada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va kostyum sotib olish kifoya. Musobaqa tobora mashhur bo‘lib borayotgani tufayli Yaponiyada puflanadigan tirannozavrlar kiyimi savdosi keskin oshib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »