Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mehnat haqi to‘lanadigan Bee Generation stajirovka dasturining keyingi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi! Bee Generation — jasur, g‘oyaviy va g‘ayratli talabalar uchun shiddatli karyera boshlanishi.

Beeline Uzbekistan Bee Generation ning 16-mavsumi uchun arizalar qabul qilishni boshlangani haqida xabar beradi. Ushbu stajirovka dasturi talabalarga o‘z faoliyatini xalqaro kompaniyada boshlash va biznesning turli sohalarida qimmatli ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Bee Generation IT, digital-texnologiyalar, moliya, marketing, mijozlar tajribasi, B2C va B2B savdolari, HR, PR va yuridik yo‘nalish kabi turli sohalarni qamrab oladi. Intensiv amaliyot dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarining talabalari digital-operatorning biznes jarayonlariga sho‘ng‘ish, real loyihalarda ishtirok etish, real muammolarning yechimini topish va O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, qiziqarli muammolarni hal qilish hamda mutaxassislar va soha rahbarlari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga qaratilgan.

Bee Generation dasturi mavjud bo‘lgan davrda 300 dan ortiq talaba amaliyot o‘tagan va ularning 40% dan ortig‘i kompaniyada ish o‘rnini muvaffaqiyatli egallagan. Bu ham talabalar uchun, ham kompaniyaning o‘zi uchun dasturning yuqori samaradorligi va ahamiyatliligidan dalolat beradi.

Beeline Uzbekistan stajirovkasi yosh mutaxassislar uchun muvaffaqiyatli karyera sari ilk qadam bosish, qimmatli ish tajribasiga ega bo‘lish va kasbiy mahoratini kengaytirish imkoniyatidir. Bizga qo‘shiling va O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining kelajagini shakllantirayotgan jamoaning bir qismiga aylaning, — deya ulashadi Sofiya Gaynutdinova, Beeline Uzbekistan xodimlar, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash direktori.

Bee Generation dasturida ishtirok etish uchun arizalar kompaniyaning rasmiy saytida 18-aprelgacha qabul qilinadi. Bu yosh mutaxassislar uchun o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli va xalqaro kompaniyada boshlash, soha mutaxassislaridan qimmatli tajriba va bilim olish uchun noyob imkoniyatdir.

Bee Generation amaliyot dasturi haqida tafsilotlarni digital-operator saytidan bilib oling.

Unitel MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »