Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yoz kunlarini kutishdan charchadingizmi? Unday bo‘lsa serquyosh Jakartada dam olishga shoshiling. 2024-yilning aprel oyidan boshlab Toshkent va Indoneziya poytaxti o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga ikki martagacha ko‘paytiriladi.

Jakarta sizga plyajdagi ta’tillar, ajoyib qirg‘oqlar, muzey ekskursiyalari, gavjum shahar bo‘ylab sayr qilish, savdo markazlarida qulay narxlarda xaridlar va milliy taomlarning keng menyusini taqdim etishi mumkin. Arzon turar joy narxlari tufayli Jakartada dam olish ko‘pchilik sayohatchilar uchun hamyonbop sanaladi. Va siz ulardan biriga aylanishingiz mumkin!

2024-yil aprel oyidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ushbu tropik shaharga parvozlar sonini haftasiga ikki martagacha oshiradi: parvozlar chorshanba va shanba kunlari bajariladi.

Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 00:05, Toshkent vaqti;
  • Jakartaga yetib kelish soat 10:30, Jakarta vaqti;
  • Jakartadan jo‘nab ketish soat 12:00, Jakarta vaqti;
  • Toshkentga yetib kelish soat 18:30, Toshkent vaqti bilan.

 Aviaqatnovlar uzoq parvozlar uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan zamonaviy Boeing-787 Dreamliner havo kemalarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 8 soat 25 daqiqa.

Aviachiptalar narxi:

  • Toshkent – Jakarta: 5 295 000 so‘mdan;
  • Toshkent – Jakarta – Toshkent: 9 442 000 so‘mdan

Aviachiptalarni 3% chegirma bilan www.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways ilovasida, aviakompaniya agentlari va Uzbekistan Airways Sales filialida sotib olishingiz mumkin.

Qulay tutashuv aviaqatnovlari tufayli Uzbekistan Airways yo‘lovchilari nafaqat Indoneziya poytaxtiga, balki butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladigan “Tropik jannat” deb ataladigan – Bali oroliga ham tashrif buyurish imkoniyatiga egadurlar.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaga kirish uchun ecd.beacukai.go.id saytida bojxona deklaratsiyasini to‘ldirilishi talab etiladi. Shundan so‘ng siz Jakarta aeroportidagi bojxona xodimlariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shaxsiy QR-kodini olasiz. Oq yo‘l yoki indoneziyaliklar aytganidek “Selamat jalan”!

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »