Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navro‘z bayrami arafasida Beeline Uzbekistan barchani “Bahor yarmarkasi”ga taklif qiladi. 30-aprelgacha har kuni digital-operator mijozlarini ilovada noyob takliflar, eksklyuziv bonuslar, sovg‘alar va manfaatli paketlar kutmoqda.

Aksiyada ishtirok etish uchun Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olishingiz yoki yangilashingiz, so‘ngra aksiya kartasini ochib, “baraban”ni aylantirishingiz kerak. Aksiya doirasida ishtirokchilar kuniga uch martagacha bepul aylantirishlari mumkin. Bonuslarni berilganidan keyin, manfaatli takliflarni tanlash va ularni har kuni soat 23:59 ga qadar faollashtirish lozim.

“Bahor yarmarkasi”da turli sovg‘alar va takliflar, jumladan, 50% chegirmali brend suvenirlari va Mi-Fi-routerlar, shuningdek, 2024 MB, daqiqalar va SMS ko‘rinishidagi bonuslar taqdim etiladi. Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari har kuni “MULTI KUCH” tariflari uchun 30% va 30 kunlik paketlar uchun 50% chegirma olish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, yarmarkada Amediateka, PREMIER, MEGOGO va Yandex Plus kabi ommabop xizmatlar uchun promokodlar va Beeline Club sodiqlik dasturi hamkorlaridan chegirmalar o‘ynaladi.

Takliflar doirasida Instagram, Facebook, Telegram ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlari uchun trafik va YouTube uchun maxsus paketlarni, shuningdek, 150 GB gacha tungi trafik paketlarini qulay narxda olish mumkin.

“Bahor – yangilanish va yorqin hodisalar fursati! Beeline Uzbekistan tashkil etgan “Bahor yarmarkasi”da biz siz uchun eng yaxshi taklif va sovg‘alarni mujassam etdik: noyob bonuslar va sovg‘alardan tortib, ommabop xizmatlar uchun chegirmalargacha. Bayramona kayfiyatni biz bilan baham ko‘ring va manfaatli takliflardan bahramand bo‘ling!” deya ulashadi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Routerlar va brend suvenirlari Beeline Uzbekistan ofislarida 2024-yil 15-maygacha taqdim etiladi. Sovrinlarni olish uchun shaxsni tasdiqlovchi pasport yoki ID karta taqdim etilishi kerak.

Bundan tashqari, 20-22 mart kunlari barcha savdo ofislarida xaridorlar va tashrif buyuruvchilarni bahoriy noz-ne’matlar, Toshkent shahridagi bosh ofisda esa bayramona fotohudud kutadi. Beeline Uzbekistan bilan Navro'z bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlang!

Hozir aksiya faqat Android foydalanuvchilari uchun amal qiladi, tez orada iOS uchun ham yangilanish chiqariladi. Aksiya tafsilotlari va mavjud takliflarning to'liq ro'yxati digital-operatorning saytida.

“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »