Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bayram kuni har bir inson oila aʼzolari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ko‘ngilochar joylarga borishga harakat qiladi. Xo‘sh, bu yil bayramni qanday o‘tkazishni reja qildingiz? Agar hali reja tuzishga ulgurmagan bo‘lsangiz, sizga poytaxtda borishingiz mumkin bo‘lgan bayram tadbirlarini tavsiya qilamiz.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyi konsertlardan biroz tin olgan. Boisi, ramazon oyida tomoshabinlar kechki tomoshalarga kelmaydi. Shu bois, bayram kuni borish mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatidan bu saroyni chiqarib tashlashingiz mumkin. Faqatgina 24-mart kuni, soat 14:00 da gala-konsert o‘tkaziladi. Tashkilotchilarga ko‘ra, konsertda 10 ta xonanda ishtirok etadi. Chipta narxlari 40-180 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent davlat sirkiga borish ayni muddao. Boisi, sirk jamoasi Navro‘z bayramiga bag‘ishlab sirk tomoshasini sahnalashtirgan. Chipta narxlari ham u qadar qimmat emas, 40-50 ming so‘m.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbek milliy akademik drama teatrida 21-martdan to 27-martga qadar ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi. “Usmon Nosir”, “Taqdir sinovlari”, “Sadoqat bilan” va “Yulduzli tunlar” kabi spektakllarni bepul tomosha qilish mumkin. Faqatgina spektakldan avval teatr kassasiga borib, bepul chiptani olish kerak. Bir kishiga ikkita bepul chipta beriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida bayram kunlari “Jaydari kelin”, “Usmon Nosir”, “Qobil va Hobil” va “Otabek va Kumushbibi” nomi spektakllar qo‘yiladi. Chipta narxlari 30-50 ming so‘m etib belgilangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida bayram kunlari ochiq eshiklar kuni munosabati bilan bepul spektakllar namoyish etiladi. Yaʼni 21—24-mart kunlari soat 12:00 da “Zumrad va qimmat”, “Zolushka”, “Game over” va “Qizil qalpoqcha” spektakllarini bolajonlaringiz bilan bepul tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrida ham bayram kunlari ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi. 22—27-mart kunlari 11:00 va 13:00 da “Gusenok”, “Zolotoy Siplenok”, “Кto skazal myau?” kabi spektakllarni rus va o‘zbek tillarida tomosha qilishingiz mumkin.

Maʼlum qilinishicha, bayram kunlari asosiy tantanalar “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, tumanlarda ham Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tadi. Bular:

  • Bektemir tumani: Coca-Cola Garden bog‘i — 19-mart kuni;
  • Uchtepa tumani: “Seul eko bog‘i” — 19-mart kuni;
  • Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘i 19—23-mart kunlari;
  • Yunusobod tumani: “O‘zekspomarkaz” hududida 20-mart kuni;
  • Mirobod tumani: “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i 21—24-mart kunlari;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani “Markaziy istirohat bog‘i” 21—24-mart kunlari;
  • Sergeli tumani: “Markaziy xiyobon” (mo‘ljal: Sergeli hokimligi) 21-mart kuni;
  • Olmazor tumani: Yoshlik shaharchasi, Beruniy maydoni 19-mart kuni;
  • Yakkasaroy tumani: Seoul Mun hamda Next ko‘ngilochar maskanlari 21—24-mart kunlari;
  • Yangihayot tumani: Tashkent Index savdo majmuasi 20-mart kuni;
  • Yashnobod tumani: “Ashxobod sayilgohi” 21—24-mart kunlari;
  • Chilonzor tumani: “G‘afur G‘ulom” bog‘i  21—24-mart kunlari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »