Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ertalabki taomga oqilona yondashish orqali kun davomida bardam va tetik yura olish imkonimiz oshadi. To‘g‘ri tanlangan nonushta uyquchanlik va apatiyani yo‘q qiladi, sog‘liq va kayfiyatni yaxshilab, vaznni bir xil saqlashga va kun davomida ishtahani kamayishiga yordam beradi. Ammo bugungi kunda nonushta qilmay ishga otlanadigan insonlar soni ortib bormoqda.

Foto: Stocksy

Olimlarning taʼkidlashicha, nonushtani rad etish taraqqiy etgan mamlakatlarda global semirishning asosiy sababidir. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ertalab uyqudan turganda so‘ng qancha vaqt ichida nonushta qilishimiz metabolik sog‘liqqa o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ertalab ovqatlanmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttiradi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘ladi. Nima sababdan nonushta — kunning eng muhim taomi degan tushuncha ilmiy jihatdan haqiqat ekanini quyidagi maqolada ko‘rib chiqamiz.

Avvalo nonushta o‘zi nima degan savolga javob beramiz:

Nonushta — bu uyg‘ongach ikki soat davomida iste’mol qilingan taom, unga kofe yoki choy kabi ichimliklar kirmaydi. Gastroenterologlar va diyetologlar ertalabki qahvani och qoringa ichishni tark etishni maslahat berishadi. Bu odat oshqozon-ichak trakti holatiga salbiy ta’sir qiladi.

Foto: Stocksy

Juda kech uyg‘onadigan insonlar diqqatiga

2022-yilda Garvard, Chikago universiteti va boshqa ilmiy muassasa tadqiqotchilari kech nonushta qilishning hazm tizimiga ta’sirini aniqlash uchun jismoniy faollik, uyqu va hatto yorug‘lik kabi omillarni hisobga olgan holda o‘rganib chiqdilar.

Uyg‘ongach, 4-5 soat o‘tgandan so‘ng ovqatlanish nimalarga olib keladi?

  • Ochlik hissi ortib boradi. Bosh miyaga to‘yinganlik haqida signal beruvchi leptin gormoni darajasi pasayadi va tez-tez tamaddi qilish odati shakllanadi;
  • Energiya sarfini kamaytirishga olib keladi. Kaloriyalarni yo‘qotishda qiyinchiliklar vujudga keladi;
  • Organizmda yog‘ birikmalarining ko‘payishi hisobiga genlar ifodasida o‘zgarishlar yuz beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, nonushtadan voz kechish oshqozon bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi uchun ideal sharoitdir. Ayniqsa, ortiqcha vazndan aziyat chekadigan insonlar nonushtani o‘tkazib yubormasliklari lozim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »