Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyada 19-mart, seshanba kuni Ibrohim va Ramin ismli Afg‘oniston fuqarolari hibsga olingani ma’lum qilindi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu ikki shaxs ISHIDning Xuroson bo‘limi buyrug‘iga asosan Shvetsiya parlamenti yaqinida hujum uyushtirgan.

ABC News Germaniya politsiyasiga tayanib xabar berishicha, bu ikki afg‘on fuqarosi 2023-yildan buyon ISHID guruhining tarafdorlari bo‘lgan va Ibrohim o‘tgan yilning avgust oyida ISHIDning bu mamlakatdagi Xuroson bo‘limiga qo‘shilgan.

Foto: Google Images

Maʼlumotlarga ko‘ra, ISHID o‘tgan yilning yozida Ibrohimga Qurʼonning yoqib yuborilishiga javoban Shvetsiyada hujum uyushtirishni buyurgan.

Germaniya politsiyasi ushbu ikki afg‘on fuqarosi hujumni ISHID rasmiylari bilan maslahatlashgan holda amalga oshirganini aytdi.

Shuningdek, ular Suriya shimolida ISHIDning qamoqqa olingan a’zolaridan biriga yordam berish uchun 2000 yevro yig‘ishgan.

Ayni paytda Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fizer mamlakat bunday hujumlarning oldini olish uchun qat’iy harakat qilayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Shvetsiyada islomga qarshi faollar Qur’onni yoqib yuborishgan edi. Radikal guruhlarning bu harakati Yevropada ekstremizmning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »