Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Barselona” sobiq himoyachisi Dani Alves yakuniy hukm chiqquniga qadar garov evaziga ozodlikka chiqadi.

Foto: Getty Images

Avvalroq, Alves jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Shuningdek, futbolchi jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lashi va 9,5 yil davomida unga yaqin yo‘lamasligi belgilangan.

Futbolchi tomoni appelyatsiya bergan. Shundan so‘ng, Alves hukm kuchga kirguniga qadar qamoqdan ozod etilishini so‘ragan: “Men qochib ketmayman, adolatga ishonaman”.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Barselona sudi sobiq futbolchini ozodlikka chiqishiga ruxsat bergan. Buning uchun Dani garov evaziga bir million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Dani Alves 2008-yildan 2016-yilga qadar, 2021-yildan 2022-yilgacha “Barselona” sharafini himoya qilgan. Himoyachi kataloniyaliklar safida 408 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »