Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Saylda mahalla faollari, nuroniylar, talabalar hamda insitut xodimlaridan tashqari unga bayramona shukuh baxsh etish uchun taklif etilgan O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining ijodkorlari hamda xalqimiz sevgan taniqli san’atkorlar ishtirok etdi.

Sayl doirasida doshqozonlarda sumalak, osh kabi sevimli, milliy taomlarimiz tayyorlanib mehmonlarga tortiq qilindi.

Shuningdek, sayl davomida sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi. Qatnashchilar sportning shaxmat, shashka va stol tennis yo‘nalishlarida qizg‘in bahs olib bordi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »