Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Qandahor viloyatida 21-mart kuni sodir etilgan portlashda 19 nafar mahalliy aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Herat Times nashri xabar berdi.

Foto: Etilaatroz

Voqea haqida dastlab Etilaatroz nashri xabar bergan. Unda aytilishicha, viloyat markazidagi “New Kabul Bank” binosida portlash sodir bo‘lgan.

Portlash “Tolibon” idoralari xodimlari maoshlarini olish uchun bank ofisi atrofida to‘planib turganida yuz bergan. Hodisa oqibatida jarohatlangan 18 nafar fuqaro “Mirvays” kasalxonasiga olib ketilgan.

Mahalliy nashrlar portlash oqibatida dastlab 6 kishi halok bo‘lganini maʼlum qilgan. Yangilangan maʼlumotlarda esa qurbonlar soni 19 nafarga yetgani maʼlum qilingan. Rasmiylar bu raqamlar yana ko‘payishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Qandahordagi “Tolibon” xavfsizlik xizmati rasmiylari portlash sodir etilganini rasman tasdiqlagan va tergov boshlanganini maʼlum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »