Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21-mart, payshanba kuni Gongkongga qarshi bahs olib bordi. 

Foto: O‘FA

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qayd etib o‘tish joiz, o‘yin boshida Eldor Shomurodov tomonidan urilgan gol hakam tomonidan bekor qilindi. O‘sha vaziyatda to‘p qo‘lga tegdi deb hisoblandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Srechko Katanes shogirdlari hisobni ochdi. 49-daqiqada Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Srechko Katanes jamoasi E guruhida ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi. 

Guruhning ikkinchi o‘yini Eron va Turkmaniston jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.


JCH—2026 saralashi

21-mart, payshanba

Gongkong – O‘zbekiston 0:2

Gollar: 0:1 — 49 Eldor Shomurodov, 0:2 — 66 Rustam Ashurmatov.

Gonkong: 1. Yapp Xung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Helio Gonsalves, 6. Vu Chung Lok, 8. Tan Chun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl Udebuluzor,63), 11. Everton Kamargo (14. Poon Pui Hin, 63(16. Chan Siu Kvan Filip, 21. Yu Tze Nam, 22. Soaresh Junior Valter, 23. Sun Ming Him.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov, 70)  7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21. Azizbek Amonov, 81), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »