Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 21-mart kuni yuz bergan sel-suv toshqini oqibatida yuzdan ortiq xonadonlarga suv kirgani haqida xabar berilgan edi. Quyida ushbu talafot vaqtida va undan keyin voqea joyidan olingan surat va videolar jamlandi.

Kollaj: “Daryo”

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnalisoy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan.

Foto: Videodan kadr

Ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylar ichkarisiga kirgan. Kuchli yomg‘ir suvlari Azlarsoydan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadon hovli va tomorqalariga ham kirgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida  “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va “Elobod” mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirilgan.

Tuman hududidan o‘tuvchi M-41 Olmaota—Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1535–1536-kilometri oralig‘ida vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, transport qatnovi yana tiklangan.

Hududdan kesib o‘tuvchi temiryo‘lning 400 metr qismini sel suvlari yuvib o‘tgan.

 Ta’mirlash va tiklash ishlari bajarilib, 22-mart kuni soat 07:00 da temiryo‘l harakati to‘liq tiklangan.

Foto: Telegram / “Qumqo‘rg‘on sadosi”

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining ma’lum qilishicha, sel talafotidan jabr ko‘rgan fuqarolar uchun tezkor shtab tashkil etildi

Foto: Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Foto: Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Foto: Telegram / “Qumqo‘rg‘on sadosi”

Tuman hokimligi, sektor rahbarlari, viloyat tashkilotlari, tuman tashkilotlari tomonidan xonadoni talafot ko‘rgan fuqarolarga barcha yordamlar ko‘rsatish uchun boshqa tumanlardan qo‘shimcha kuch va vositalar yordamlari jalb etilgan.

Foto: Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Foto: Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi

Tarmoqlarda tarqalgan videolardan sel-suv toshqinida suvning balandligi qanchaga yetganini devorlardagi izlardan ko‘rish mumkin. 

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan axborotga ko‘ra, yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Foto: Telegram / Uzb_Meteo
Foto: Telegram / “Qumqo‘rg‘on yangiliklari”

Holat shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olingan bo‘lib, kechaning o‘zida hodisa joyiga viloyat hokimining o‘rinbosarlari, FVV vakili, FVB, IIB, MGB boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari yetib borishgan hamda toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tuzilgan.

Hozirda tezkor shtab tomonidan hodisa oqibatlarini o‘rganish, yetkazilgan talafotlarni bartaraf etish, aholiga ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat rahbariga axborot berib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »