• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Abituriyent

    Turkiyada o‘qishning afzalliklari nimada? Karabuk davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Sherzod Davlatov hikoyasi

    Turkiyada o‘qishning afzalliklari nimada? Xorijlik talabalar uchun qanday imkoniyatlar bor? Talaba ham o‘qib, ham ishlashi mumkinmi? Bu haqida hozirda Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Sherzod Davlatov “Daryo”ga hikoya qilib berdi.

    Sherzod Davlatov Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug‘ilgan. Hozir u 24 yoshda. Ayni paytda Turkiyadagi Karabuk davlat universitetining Turizm va mehmonxona xizmatlari yo‘nalishida tahsil olyapti.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Xorijda o‘qish orzum bo‘lmagan

    Oldindan chet elda o‘qish niyatim bo‘lmagan. O‘zbekistonda bir necha bor tibbiyot institutiga hujjatlarimni topshirganman. Afsuski, qancha harakat qilsam ham urinishlarim besamar ketavergan. Keyin yana bir yil tayyorgarlik ko‘rib, qayta imtihon topshirishga esa hafsalam qolmagandi. Aksariyat tanishlarim menga chet elda o‘qishni tavsiya qilishardi. Lekin qachonki xorij haqida o‘ylasam, ko‘zimga jarag‘-jarag‘ pul ko‘rinardi. Chet elda o‘qish uchun juda katta pul kerak deb o‘ylardim. Lekin Turkiyaga kelib bildimki, bu yerda xuddi O‘zbekistondagiday, yoki undan ham kam pul sarflab, o‘qish mumkin ekan.

    Xullas, Xudoga tavakkal qilib Turkiyaga keldim. Aeroportdan chiqqanimda, Istanbulning go‘yo ari uyasidek tirbandligini aytmaganda, qolganlariga ko‘nikishim qiyin bo‘lmadi.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Turkiya haqida gapirilganda odamni hayoliga birinchi Istanbul keladi. Lekin shuni unutmangki, Istanbul – bu haqiqiy Turkiya emas. Agar mamlakatning asl madaniyatini, yashash tarzini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, kichik shaharlarini kezishni tavsiya qilaman. Bir bor kelib ko‘rishga arzigulik joy. Ayniqsa,  bir “bardak” turk choyi bilan “smit” (turk milliy shirinligi) olib, dengiz yonida nonushta qilishni gashti umuman boshqacha.

    Turkiyada internet yaxshi yo‘lga qo‘yilgan

    Turkiyada o‘qiyapsizmi, demak cho‘ntagingizda kamida 5 ta plastik karta sig‘adigan hamyoningiz bo‘lishi kerak. Chunki doim yoningizda avtobus uchun karta, universitet turniketidan o‘tish kartasi, shaxsiy bank kartasi, sportzallar turniketidan o‘tish kartalari, “kimlik” (siz haqingizda ma’lumotlar turadigan) kartasi va boshqa turdagi kartochkalarni olib yurishingiz shart.

    Turkiya internet yaxshi yo‘lga qo‘yilgan davlatlar sirasiga kiradi. Siz haqingizdagi deyarli barcha ma’lumotlar internetga kiritiladi. Menga eng yoqqan tarafi — ba’zi joylarda hujjat rasmiylashtirish kerak bo‘lganda, mobodo “kimlik” (siz haqingizda ma’lumotlar turadigan) kartangiz uyda qolgan bo‘lsa ham uning telefondagi rasmini ko‘rsatib ishingizni bitirib ketishingiz mumkin.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

     Turklar juda ishonuvchan xalq

    Turklar juda mehribon va ishonuvchan xalq. Kredit kartangiz yoki avtobus kartangiz uyda qolib ketsa ham ko‘chada qolmasligingiz aniq. Bu holat ko‘p boshimdan o‘tgan. Qardosh xalq bo‘lganimiz uchun hayot tarzimizda deyarli farq yo‘q. Taomlarining pishirilish tartibini aytmaganda, mazasi o‘sha-o‘sha. Menga yoqadigan tarafi, turklar o‘zbeklarni juda hurmat qiladi.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Turkiya ta’lim tizimi haqida

    Turkiyadagi ta’lim tizimi haqida uzoq gapirish mumkin. Turklarning o‘qitish uslubi biznikidan ancha farq qiladi. Masalan, davlatda 200 dan oshiq universiteti bo‘lsa deyarli barchasi mustaqil. Qancha kvota ajratishilishi, grantlar va shunga o‘xshash barcha normativlarni universitetning o‘zi belgilaydi. Hamda o‘quv dargohlari xalqaro talablarga to‘laqonli javob bera oladi.

    Meni eng hayratlantirgani bitta oliygohda 50–80 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Ya’ni xorijlik talabalarni qabul qilish imkoniyati maksimal darajada. Shu boisdan ham har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab yoshlar kelib bu yerda tahsil oladi. Misol uchun men o‘qiyotgan Karabuk universitetida 60 mingga yaqin talaba o‘qiydi. Shularning 8 mingga yaqini chet elliklar. Albatta, buncha xorijlik talabani bir universitetda o‘qitish hazil gap emas. Menimcha, har bir talabani erki va e’tiqodini hurmat qilgan holda ta’lim berish, munosabatda bo‘lish ularning eng katta yutug‘i. Bundan tashqari talabalar uchun universitetda deyarli to‘siq va cheklovlar deyish mumkin.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Xorijlik talabalar uchun qanday imkoniyatlar bor?

    Turkiyada o‘qishning eng omadli yo‘li bu “Turkiya Burslari” orqali o‘qish. Shunga o‘xshash grantlardan “Mavlono talaba almashinuv dasturi” ham bor. Bu ikki grantda deyarli barcha xarajatlar davlat tarafidan qoplanadi. Bundan tashqari “Vaqf  fondlari” bor. Agar talaba yaxshi o‘qib o‘zini ko‘rsata olsa, fondlar oylik stipendiyalar ham belgilaydi.

    Turkiyada o‘qish xarajatlari

    Stipendiya berilmagani uchun kontraktlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha arzon. O‘rtacha yo‘nalishlarga kontrakt 400 dollardan 1000 dollargacha. Ammo tibbiyot sohasida o‘qish biroz qimmatroq. Masalan yiliga 1000–2000 dollar atrofida shartnoma pulini to‘laysiz. Agar darslardan orttirib vaqt va kuch topolsangiz ishlashingiz ham mumkin. Ingliz tilini bilsangiz yaxshi ishlarga joylasha olasiz. Qiyinchiliklarga sabr qilsangiz oyiga 800-2000 liragacha taxminan 1–3.5 mln so‘m atrofida pul topishingiz mumkin. O‘zim ham hozirda Istanbuldagi oilaviy restoranda ishlayapman. Soham bo‘lgani uchun ham tajribam oshyapti, ham qo‘shimcha daromad qilyapman.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Talabalarning hayoti

    Turkiyada talabalar uchun yotoqxona masalasi muammo emas. Siz xususiy va davlat yotoqxonalarida yashashingiz mumkin. Xususiy yotoqxona yeyish-ichish bilan oyiga 100-120 dollar bo‘lsa, davlat yotoqxonalarida esa oyiga 40-50 dollar atrofida pul to‘laysiz. Bu ijara uyidan ikki karra arzon degani. Shu bois aksariyat talabalar davlat yotoqxonalarida yashaydi. Muhit ham yaxshi. Muhimi odamni tartibga o‘rgatadi. O‘zim ham davlat yotoqxonasida turaman. Sharoitidan noliydigan joyini topolmadim.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Turkiyadagi hozirgi faoliyatim haqida

    Hozirgi paytda Karabuk universitetining “Turizm va mehmonxona xizmatlari” yo‘nalishida o‘qiyapman. Turkiyaga moslashishimda Karabuk universitetidagi o‘zbekistonlik ustozlarim filologiya fanlar doktori Nodirxon Xasan, filologiya fanlari nomzodi Saidbek Boltaboyev, texnika fanlari nomzodi, dotsent Ziyodulla Yusupovlarning hissalari katta bo‘lgan. Haftada bir marta bo‘lsa ham ularning oldiga borib, suhbatini olaman. Ularning maslahatlari bilan yangi kelgan paytimda deyarli qiynalmadim.

    Turkiyada 83 ta viloyat bor. Har bir viloyatda turizm muhiti ham farqli. Soham turizm bo‘lgani uchun oxirgi ikki yilda Turkiyaning hech bo‘lmaganda yarim viloyatini kezib chiqishni niyat qilganman. Hozircha 8 viloyatini ko‘rish nasib qildi.

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Foto: Instagram/@sherzod_davlyatov

    Turkiyaga o‘qishga bormoqchi bo‘lganlar uchun tavsiyalar

    Turkiyaga borishdan oldin ingliz tili yoki arab tilini mukammal o‘rganing. Chunki bu yerda hozir ikki tilni biladiganlar juda kerak. Bu tillar bilan o‘qishingiz ham, ishingiz ham oson kechadi.

    Lekin shuni esdan chiqarmang. To‘g‘ri, Turkiyada kontrakt arzon, talabalar uchun barcha imkoniyatlar bor, lekin talab ham shunga yarasha. Ya’ni bakalavrda o‘qish oson kechmaydi. Berilgan erkinliklarga yarasha darslar ham o‘z o‘rnida talab qilinadi. Bu yerda “Domla, amakim salom aytdi”, “Domla, palonchi joyda yangi restoran ochilibdi” kabi mulozamatlar o‘tmaydi. Agar o‘qisangiz, albatta, bahongizni olasiz, yo bo‘lmasa kursdan kursga qolib ketaverasiz.

    Maslahatim internetni maksimal darajada o‘rganing. Bu yerda ba’zida yeydigan noningiz ham internetga bog‘liq bo‘lib qoladi. Messenjerlarda yozishish etikasini o‘zlashtiring.

    “Oltin etiket” kitobini o‘qib chiqing. Chunki undagi tavsiyalar Turkiyada sizga juda asqotadi.

    Universitet tanlayotganda obro‘lisini tanlashingiz shart emas. Boisi, oliygoh nufuzi sizni hech qanaqa kelajagingizni belgilamaydi. Hammasi o‘zingizga, qiladigan harakatingizga bog‘liq. Izlansangiz, chin ko‘ngildan harakat qilsangizgina yutuqqa erisha olasiz.

    Turkiyaga kelgan zahoti katta shaharlarda o‘qishga yoki ishlashga intilmang. Kichikroq shahar tanlang. U yerda yashash davomida madaniyati va tilini o‘rganganingizdan keyin megapolis shaharlarida yurishda qiynalmaysiz. Ularning tilidagi iboralar, jest (imo-ishora)larini mukammal o‘rganib olsangiz muloqot qilishingiz oson kechadi. Ishingiz tez bitadi. Ular ham sizga hurmat ko‘rsatadi. Shunda stresslarsiz, o‘zingizni begonadek his qilmay yashaysiz.

    23.06.2019, 11:26   Izoh (0)   29585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.