• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Mahalliy (O‘zb)

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 7 nafar bloger faoliyatini tamomlaganini eʼlon qildi. Jumladan mayda bezorilikda ayblanib, yaqinda 5 sutkadan ”o‘tirib chiqqan” Kapitan Karimov, Maqsud Muzaffarov va boshqa blogerlar.

    Kapitan Karimov nomi ostida ijod qiluvchi bloger Umid Karimov telegram kanalida 29.05.2023 deya 5 sutka qamalgan kuniga urg‘u berar ekan, shu kundan barchasi tugaganiga ishora qilgan.

    Kapitan Karimov
    Foto: Kapitan Karimovning shaxsiy arxividan.

    “Daryo” jurnalisti Umid Karimov bilan suhbatlashib, bunday qarorga kelishi sababi bilan qiziqdi.

    “Suddan bodikamerani ko‘rishini qayta-qayta iltimos qildim. Advokat berishini yoki tanish advokatimga xabar berishimga imkon so‘radim. Sud bodikamerani ko‘rmadi, advokat bilan taʼminlamadi. IIB xodimini urmadim, so‘kmadim. Ammo, 5 sutkaga qamaldim”, — deydi bloger faoliyatini tugatishiga sabab bo‘lgan voqea haqida gapirar ekan.

    “Ishonganim qonun va huquqni muhofaza qiluvchi organlar edi, ularga ishonch yo‘qligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim“

    Avtobloger Maqsud Muzaffarov ham faoliyatini tugatganini eʼlon qilib, “Menga ota-onamning istak-xohishi hamma narsadan muhim. Men bilan shu vaqtgacha yelkama-yelka turgan barchaga rahmat”, deya so‘nggi fikrini yozib qoldirdi.

    Maqsud Muzaffarov
    Foto: Maqsud Muzaffarovning shaxsiy arxividan.

    “Daryo” jurnalisti Maqsud Muzaffarovdan qo‘shimcha maʼlumot olishga urindi.

    “Haqiqat yo‘qligini ko‘rdim, ikki og‘iz tuhmat bilan qamalib ketganimdan so‘ng ishonchim so‘ndi. Mening ortimda ‘tankam’ yo‘q. Kimga ishonishimni, qaysi organga ishonishimni ham bilmay qoldim, ishonganlarim qonun va huquqni muhofaza qiluvchi organlar edi, ularga ishonch yo‘qligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rgach, umidim so‘ndi”, — deydi u.

    “So‘nggi ishlar barchamiz uchun ‘jiddiy signal’ bo‘ldi” — Azizbek Yazdurdiyev

    Azizbek Yazdurdiyev
    Foto: “Daryo”

    Bloger Azizbek Yazdurdiyev esa “Menda qo‘rquv bo‘lmagan. Shunday muhitda tarbiyalandim. Haqlik uchun doim baralla gapirdim, jonim xatarda qolsa ham. Vatanni hech kimdan kam sevmadim, hatto ‘o‘zbekka dushman’ deyishsa ham. Oilamni taqib qilishdi, shaxsiyatga tegishdi, baribir davom etdim. ‘So‘z erkinligi’ uchun kurashdik, biroq… Bugun vaziyat jiddiylashdi. So‘nggi voqealar, yaʼni Kapitan Karimov va Maqsud Muzaffarov bilan sodir bo‘lgan voqealar, atigi bir savol uchun qamalib ketish, nafaqat OAV, balki inson huquqlari bilan bog‘liq so‘nggi ishlar barchamiz uchun ‘jiddiy signal’ bo‘ldi.

    Birinchi rahbar tomonidan uzoq kutilgan erkinlikning berilishi, yaqinda Konstitutsiyada kafolatlangan erkinliklardan juda ruhlangan edim. Biroq, o‘rtada katta kuchlarning borligi (qarshiligi) hafsalamni pir qildi. Qisqasi, oilamga tinchlik kerak. Shu kungacha, meni yolg‘iz qoldirmagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Boshingiz omon bo‘lsin”, — deya faoliyatini tugatishiga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi.

    “Vayner bo‘lib qaytishim mumkin yoki shunchaki hazil latifalar yozuvchi”, — Otabek Artikov

    Faoliyatini tugatgan blogerlar orasida Otabek Artikov ham bor. U faoliyati yakunlashiga sabab bo‘lgan holatlar haqida yozar ekan, “Nima topdik nima yo‘qotdik buni bilmayman, bilganim sizlar bilan o‘tgan vaqtimga achinmayman”, deydi u.

    Otabek Artikov
    Foto: Farrux Fayziyev.

    “Hurmatli blogim kuzatuvchilari bugundan boshlab men blogerlik faoliyatimni butunlay yakunlashga qaror qildim, sabablari ahamiyatsiz, shunchaki barcha tarmoqlardan ketishni va oddiy hamda sokin hayot kechirishni istayman. Men blogimdan moddiy daromad topib boyib ketganim yo‘q, mashhurlikni ketidan quvganim ham yo‘q. Mashhur ham emasman. Shunchaki bu xobbi orqali odamlarning oz bo‘lsada muammolarini yechishni istagan edim. Nima topdik nima yo‘qotdik buni bilmayman, bilganim sizlar bilan o‘tgan vaqtimga achinmayman. To‘rt yil davomida men bilan bo‘lgan barchaga katta rahmat”, — deydi bloger.

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Otabek Artikov kelajakda yana qaytishi mumkinligi haqida ham gapirib, qaytsa ham muammolar haqida yozmasligini aytmoqda.

    “Vayner bo‘lib qaytishim mumkin yoki shunchaki hazil latifalar yozuvchi. Lekin tanqid qilmayman. Murojaat ham chiqarmayman, qaytgan taqdirimda ham”, — deydi bloger.

    Qashqadaryoda shuningdek, blogerlar Zohirshoh Jo‘rayev, O‘raljon Kamolov, Humoyun Xudoyorovlar ham blogerlik faoliyati tugatilganini maʼlum qilgan.

    05.06.2023, 17:00   Izoh (0)   17660
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.