• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Abituriyent

    “Barchasi uchun Xitoydan minnatdorman!” Xitoyda doktoranturada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Nafosat Tojiboyeva hikoyasi

    Xitoy ko‘p sohalarda ilgarilab borayotgan mamlakatlardan biridir. Xo‘sh, ta’lim sohasida-chi? U qay darajada ilg‘or? Xitoyda tahsil olishning afzalliklari nimada? Xorijlik talabalar uchun qanday imkoniyatlar bor? Talaba ham o‘qib, ham ishlashi mumkinmi? Bu haqida ayni paytda Xitoyda doktoranturada tahsil olayotgan Nafosat Tojiboyeva “Daryo”ga hikoya qilib berdi.

    Nafosat Tojiboyeva 2015-yilda O‘zbekiston madaniyat va san’at institutini tamomlagan. Shu yili Huazhong Fan va texnologiya universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan. Rus, ingliz va xitoy tillarini biladi. 2010-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirda Shanxay jurnalistika akademiyasida doktoranturada tahsil olmoqda.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Bakalavrda o‘qib yurgan paytlarimdayoq, magistraturani chet elda o‘qishni maqsad qilganman, 4-bosqichdaligimda magistratura uchun grantlar qidira boshladim. Meni ko‘proq Yevropa mamlakatlari qiziqtirgan. Aynan Angliyada tahsil olishni istaganman. Biroq uyimdagilar Angliyada ta’lim granti yo‘qligi sabab O‘zbekistonda o‘qirsan, degan taklifni berishgan. Ammo men rozi bo‘lmay, grantlar qidiraverganman. Shuningdek, juda ko‘p do‘stlarim Yaponiya, Koreya va Xitoyda o‘qishardi. Men ham qiziqib, shu uchta davlatning ta’lim tizimi va eng muhimi, xorijlik talabalar uchun ajratiladigan to‘liq grant dasturlarini o‘rganib chiqqanman. Sababi agar siz oliygohda to‘liq grant asosida tahsil olsangiz, o‘qish, yeyish-ichish, yotoqxona, umuman, barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.  Albatta, bu o‘sha yerga moslashib ketishingizga ham katta yordam beradi, ya’ni talaba fikrini bo‘lib ishlashga, kontrakti uchun pul topishga harakat qilmaydi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Bundan tashqari, televideniyeda Xitoy haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlaganman. Mamlakatning ta’lim tizimi, aholi turmush tarzi, u yerda o‘qiyotgan talabalar hayoti bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganman. Shu boisdan ham barcha jihatlarni hisobga olib Xitoyni tanladim. Uchta universitetiga hujjatlarimni topshirdim. Quvonarlisi, uchala oliygohda ham muvaffaqiyatli to‘liq grant sohibasiga aylandim. Ularning ichidan mamlakat top o‘ntaligidagi Xitoy texnologiya va fan universitetini tanlab, yangi media menejment yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada o‘qishni boshladim.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Xitoyliklar chumoliday mehnatkash xalq

    Barcha xalqning o‘ziga yarasha urf-odati, madaniyati bor. Odamlarning fe’l atvori ham ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra shakllangan. 2015-yilda yangi muhitga ko‘nikish uchun o‘qishdan biroz oldinroq Xitoyga kelganman. Birinchi Pekinga qo‘nib, Xitoy devorini borib ko‘rdim. So‘ngra mamlakatning boshqa provinsiyalariga sayohat qilgandim. Mamlakatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, shunga amin bo‘ldimki, xitoyliklarning yashash tarzi va madaniyati men tasavvur qilganimdan tamomila boshqacha ekan. Masalan, Xitoyning yuqori darajada rivojlangani, odamlarning ko‘pligi, xuddi chumoliday mehnatkashligi va har jihatdan insonlarga qulayliklar yaratilganligi meni lol qoldirgan. Dekabrgacha muhitga ko‘nikishim qiyin kechgan.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Shu paytgacha Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Angliya, Ispaniya, Rossiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarga sayohat qilganman, do‘stlar orttirganman. Ko‘rganlarim, bilganlarim asosida xulosa qiladigan bo‘lsam, xitoyliklar juda sirli xalq. Ular bilan til topishib ketish qiyin, deb o‘ylayman. Ular hech kimga o‘xshamaydi. Hissiyotlariga erk bermaydi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Go‘yoki xitoyliklarning o‘z dunyosi bor. Misol uchun, o‘zingiz borib so‘ramaguningizcha, ular kelib yordam bermaydi. Ya’ni gapirmaguningizcha hech qachon siz bilan muloqot qilmaydi. Albatta, ijobiy jihatlari ham ko‘p. Ularga bemalol mehnatkash, qat’iyatli va o‘ta sabrli deb ta’rif berishim mumkin. Oldiga maqsad qo‘ydimi, unga erishmagunicha to‘xtamaydi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Hayotimdagi har bir kunim — Dars

    Hozir doktoranturaning 2-bosqichida tahsil olaman. Lekin eng ajoyib voqealar magistraturada o‘qiyotgan paytlarimda bo‘lgan. Sababi do‘stlarim bilan birgalikda ko‘p sayohatlarga chiqqanmiz. Yangi hayot, turlicha qarashlar, umuman, hammasi juda qiziq bo‘lgan. Har kuni nimadir sodir bo‘ladi va shu asnoda qarorlaringiz o‘zgarib boraveradi. O‘qish jarayonida ham juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Qiyinchiliklar, yutuqlar... Xullas, musofirchilik menga katta saboq bergan.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Magistraturada o‘qiyotgan vaqtim eng yirik kompaniyalarda ishlash, tajriba o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lganman. Xitoyning eng katta telekanali CCTV’da 6 oy davomida amaliyot o‘tadim. Xitoylik hamkasblarim bilan Buyuk Britaniyaning BBC telekanaliga borganmiz, tajriba almashganmiz. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘im ham Xitoyda tahsil oladi. Qisqa qilib aytganda, baxtimni Xitoydan topganman. Hayotiy va kasbiy muvaffaqiyatlarim uchun Xitoydan juda minnatdorman!

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Mamlakatdagi ta’lim tizimi

    Mamlakatda ta’lim kredit tizimida olib boriladi. Xorijlik talabalar uchun ikki xil o‘qish tizimi bor. Ya’ni o‘qishga kirgandan so‘ng, bir yil xitoy tilini o‘rganadi va keyin shu tilida o‘qishini davom ettiradi. Yoki ingliz tilida o‘qiydi. Menda ham shunday bo‘lgan. Bir yil xitoy tilini o‘rganib, keyin magistraturani xitoy tilida o‘qish imkoniyati bor edi. Biroq bu yerda ko‘p qolib ketmaslik, bir yil vaqtdan yutish uchun ingliz tilida o‘qishni tanlaganman. Juda ko‘p xorijlik talabalar ham xuddi menday yo‘l tutadi, faqat 4 yil yoki 2 yil o‘zi istagan tilda o‘qib, vataniga qaytadi. O‘sha paytlari menda PhD (ilmiy daraja) olish niyati bo‘lmaganligi bois, ingliz tilida o‘qishni tanlagandim. Doktorlik diplom ishimni ham ingliz tilida qilyapman. Lekin hozir xitoy tilida erkin so‘zlasha olaman.   

    Turmush o‘rtog‘im esa asli o‘zbekistonlik, 10 yildan beri Xitoyda yashaganligi uchun xitoy tilini juda yaxshi biladi. Ochig‘i, turmush o‘rtog‘imning ishini deb endi bu yerda yashashimizni bilib, essiz, magistrlik imkoniyatimdan foydalanib, xitoy tilini mukammal o‘rgansam bo‘larkan, deb afsuslanganman.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Menda o‘qish paytida deyarli qiyinchiliklar bo‘lmagan. Sababi darslarga borib, topshiriqlarni ham o‘z vaqtida bajarganman. Birinchi bosqichdaligimdayoq, barcha fanlarni  o‘z vaqtida topshirganman. Ikkinchi bosqichda esa faqat magistrlik dissertatsiyamni yozganman. Bu esa menga qulayliklar yaratgan. Doktoranturaga kirgan paytim ham shunday qildim. Ayni paytda tadqiqot ishlarimni olib boryapman. Agar talaba hamma darslarga vaqtida borib, qatnashib, o‘qituvchilar bergan topshiriqlarni bajarib borsa o‘qish davomida hech qanday muammoga duch kelmaydi. Umuman, har bir inson punktual bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Agar hayotimizdagi har bir ishni o‘z vaqtida bajarsak, biz hech qachon qiynalmaymiz!

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Xitoyda tahsil olish uchun nima qilish kerak?

    Xitoy rivojlangan mamlakat va imkoniyatlari ham shunga yarasha.Bu esa tilni bilgan yoshlar uchun ayni muddao. Shu boisdan hozir juda ko‘p til markazlari ochilgan. Bunday o‘quv markazlari orqali haqiqatdan ham o‘qiyotganlar, lekin shu bilan birga aldanib qolayotganlar ham bor deb eshitdim. Shu sababli yoshlar Xitoyga faqat rasmiy saytlardan ma’lumotlar olgan holda qonuniy ketishlarini maslahat beraman.

    Mamlakatdagi har bir oliy o‘quv yurti o‘z rasmiy saytiga ega. Bundan tashqari “Chinese Government Scholarship”, to‘liq ta’lim granti bilan o‘qimoqchi bo‘lsa, CSC.com’ga kirib, barcha kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Sayt ingliz, rus va xitoy tillarida yuritiladi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    O‘zbekistonda Konfutsiy maktablari, Xitoy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlayotgan markazlar ham bor. Ularning yordamida kontrakt asosida Xitoyda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari elchixonadagilar bilan ham maslahatlashib ko‘rish kerak. Yana bir qo‘shimcha ma’lumot Facebook’da ham “Uzbeks China” kabi guruhlar bor. Xitoyga bormoqchi bo‘lganlar guruhdagilardan ham so‘rab, yo‘l-yo‘riq olishi mumkin.Eng avvalo, talaba Xitoymi, Germaniyami, umuman, qayerga ketayotganligini bilsin. Qandaydir markazlarga ishonib qolmasdan o‘zi ham so‘rab surishtirishi lozim. Borayotgan mamlakati, o‘qishining yaxshi va yomon tomonlarini hisobga olib borishi kerak. Shuni unutmangki, xorijda o‘qish oson emas. Ayniqsa, yangi muhit, mentalitet va begona odamlar ichida. Ana shu qiyinchiliklarni oldindan his qilib, o‘zini tayyorlab borsa, moslashish jarayoni qiyin kechmaydi, aldanib qolish kabi holatlar ham bo‘lmaydi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Ham o‘qib, ham ishlash mumkinmi?

    Mening Yaponiya, Koreya va Yevropa mamlakatlarida ko‘plab do‘stlarim bor. Ular kontrakt asosida tahsil olgani sababli ham o‘qib, ham ishlaydi. Ko‘p davlatlar talabalarga ishlash huquqini beradi. Faqat Xitoy bundan mustasno, xorijlik talabalar ishlashi mumkin emas. Ya’ni qonunda bunga ruxsat yo‘q. Shu boisdan ham talabalarga to‘liq grantda o‘qishlarini tavsiya qilardim. Sababi grantdan beriladigan pul talabaning o‘qishi va yashashi uchun yetadi. Agar juda zarur bo‘lsa, 3-bosqichni bitirgandan so‘ng, kompaniyalarda amaliyot o‘tab, shundan oz-moz  bo‘lsa ham pul topishi mumkin.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    O‘zim ham o‘qish jarayonida ishlamaganman. Faqat o‘qish bilan band edim. Chunki grantdan oladigan stipendiyam xarajatlarimga yetgan. Lekin ota-onam ham begona joylarda qiynalmasin, deb moddiy jihatdan qo‘llab turganlar. Shu sababli o‘zimda ishlashga ishtiyoq bo‘lmagan. Faqat CCTV va boshqa davlat kompaniyalarida amaliyot o‘tagan paytim, ijodiy ishlarim uchun gonorar olganman. Kompaniya boshqa davlatlarga ko‘rsatuv tayyorlash uchun borganimizda barcha xarajatlarimni qoplagan. Bundan tashqari Xitoydagi “Massmedia va filmlar ishlash” va “Bir makon — bir yo‘l” loyihasi doirasida maqolalar yozib, ekspert sifatida qatnashganman. Buning uchun ulardan ham haq olganman. Mana shu pullar menga qo‘shimcha yordam bo‘lgan.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Men xitoyliklarning bir jihatini juda hurmat qilaman. Ya’ni ular mehnatlaringizni qadrlab, behaq qoldirmaydi. Har doim qimmatbaho sovg‘alar yoki moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlaydi.Shanxay universiteti va Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan “Bir makon — bir yo‘l” doirasida bir yil davomida elchi sifatida faoliyat yuritdim. Jamoa bilan birgalikda ko‘p loyihalarni amalga oshirdik. Oila qurganim sababli, afsuski, elchilikni topshirishimga to‘g‘ri keldi. Hozir faqat PhD tadqiqotlari va oilaviy yumushlar, qo‘shimchasiga O‘zbekistondagi piar bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanyapman. Doimiy ishga kirishga esa ayni paytda xohishim yo‘q.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Talabalarga maslahatlar!

    Xitoyga kelgan bakalavrlarga 3 yil, magistrlarga esa 1,5 yil qattiq o‘qishlarini maslahat beraman. Chunki talaba o‘qishda muammo bo‘lmasligi uchun vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olishi kerak.Xitoyda o‘qimoqchi bo‘lganlarga eng katta tavsiyam agentlik yoki elchixona orqali ketasizmi, grant yoki o‘z hisobingizdanmi ahamiyati yo‘q. Avvalo, borayotgan joyingizni yaxshilab surishtirib, imkoniyatlari bilan tanishib, yotoqxonasi, odamlari, qonun-qoidalari, xullas, hamma-hammasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling. Bo‘lmasa yuqorida aytganimdek, boshqa madaniyatlar ichida dovdirab qolishingiz yoki borgandan keyin afsuslanishlanishingiz turgan gap! Xitoy bizga yaqin davlat emas. Tili, dini, odamlarining fe’l-atvori, turmush tarzi umuman o‘xshamaydi. Qisqa qilib aytganda, talaba barchasiga ruhan tayyor bo‘lishi kerak. Chunki musofirchilikda yashash oson bo‘lmaydi.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Rejalarim haqida

    Hozirgi paytda o‘ylab qo‘ygan rejalarim juda ko‘p. O‘zbekiston imidjini xalqaro miqyosga olib chiqish uchun izlanishlar olib boryapman. Xitoy va O‘zbekiston munosabatlari haqida ma’lumotlar yig‘yapman. Ayni paytdagi maqsadim PhD darajasini olishdan iborat. Media va xalqaro aloqalar sohasida O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarini yanada yaxshilash va yurtimizni dunyoga OAV orqali tanishtirishda o‘z hissamni qo‘shishni xohlayman.

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Foto: Facebook / Nafosat Tojiboyeva

    Suhbatdosh: Xonzodabegim A’zamova 

    11.07.2019, 11:16   Izoh (0)   48792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.