Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining tahliliy ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Bruk Uotson Google dasturlarida oila tasvirlangan emodzilarni shunchaki o‘chirib bo‘lmasligini aniqladi. Avvaliga unda tasvirlangan odamlarni birma-bir o‘chirish lozim, deb yozmoqda Meduza.
https://twitter.com/brookLYNevery1/status/1167087999630434304
Agarda “Hujjatlar” (Google Docs), “Jadvallar” (Google Sheets), “Tadqimotlar” (Google Slides) yoki “Formalar” (Google Forms)ga to‘rt kishidan iborat oilaning emodzisi qo‘yilsa, Delete (o‘chirish) tugmasi bosilib emodzidagi odamlar birma-bir o‘chiriladi. Bunda dastlab bolalar o‘chadi.
Etiborli jihati, emodzida birinchi bola o‘chib ketsa ham uning ota-onasi xursand kayfiyatda turadi. Ikkinchisi yo‘qolgach esa kutilmaganda emodzidagi otaning mo‘ylovi o‘sib chiqadi.
Shundan keyingina matndagi emodzi o‘chib ketadi.
Izoh (0)