• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    Bolaligida duduqligi sabab kamsitilgan, rafiqasi va ikki farzandidan ayrilgan AQSh prezidenti — Jo Bayden hikoyasi

    Og‘ir bolalik, rafiqasi va qizining o‘limi, sevimli o‘g‘lining vafot etishi. AQShning amaldagi prezidenti taqdirning bunday zarbalarini qanday yengib o‘tgani haqida hikoya qilamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Amerika prezidenti Jo Bayden otasining: “Esingda bo‘lsin, odamning qadri necha marta yiqilishi bilan emas, balki qanchalik tez o‘rnidan turishi bilan o‘lchanadi”, degan nasihatini hamon unutmagan. Hayot Joni turli chig‘iriqlardan o‘tkazdi, ko‘p bora sinadi: bolaligida duduqlanishi tufayli kamsitildi, ayni navqiron paytida xotini va qizi baxtsiz hodisada vafot etdi, keyin esa sevimli o‘g‘lidan ayrildi. Lekin u hayot sinovlariga bardosh berib, yiqilgan joyidan turishni uddaladi.

    Yangi kabrioletda yuradigan olg‘ir yigit

    Jo Bayden aslida badavlat oilada tug‘ilishi kerak edi. Uning bobosi neft savdosi bo‘yicha biznesmen bo‘lgan, shu sababli ham bo‘lajak prezidentning otasi katta Jozef Baydenga yaxshigina boylik meros bo‘lib qolgan. Ammo 1942-yilda, Jo tug‘ilganida (u to‘rt farzandning to‘ng‘ichi), iqtisodiy inqiroz Baydenlarning deyarli barcha pullarini tortib oldi va 50-yillarda oila boshlig‘i ishsiz qoldi. Ular hashamatli uyini sotib, kichkina kvartiraga ko‘chishdi va hamma narsani noldan boshlashdi. Katta Bayden o‘sha vaqtlarda har qanday ishga rozi edi, natijada u eski mashinalar sotuvchisi bo‘lib yollandi. Keyinchalik ko‘chmas mulk savdosiga o‘tganidan so‘ng, har qalay oilasi Amerikadagi o‘rta sinf darajasida hayot kechira oladigan holga keldi. U o‘g‘liga doim shunday derdi:

    “Yodda tutginki, odamning qadr-qimmati uning qanchalik ko‘p yiqilishida emas, balki qanchalik tez o‘rnidan turishida bilinadi”.

    Talabalik davrida Jo dam olish kunlari otasi sotishi kerak bo‘lgan kabrioletlardan birini haydab yurar, bu esa kursdoshlari orasida shov-shuvga sabab bo‘lardi. Ular Jo haqida: “Har safar yangi kabrioletda yuradigan juda zo‘r yigit”, deyishardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Qirol nutqi”

    Bunday havas qilishlarning hammasi talabalik davrida bo‘lgan, ammo bolaligida Jo “juda zo‘r bola” emasdi, u ko‘p duduqlangani sabab sinfdoshlari tomonidan kamsitilardi. Bola uchun bu og‘ir holat edi. Keyinchalik Bayden “Qirol nutqi” filmini tomosha qilayotib Georg VI rolini o‘ynagan Kolin Fert xalqqa murojaat qilganida haqiqiy dahshatni qaytadan his qildi. Bayden yana bolaligiga qaytganday bo‘ldi, uni atay qilganday butun sinf oldida baland ovozda o‘qish uchun doskaga chiqarishardi.

    Omma orasida hali ham uning duduqlanishidan kuladiganlar bor, ammo bolaligidagi tuyg‘u — haqiqiy xo‘rlanish bo‘lgan. Jo bu la’nati duduqlikdan qutulish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilib ko‘rdi: har kuni ko‘zgu oldida soatlab she’r o‘qidi. Bir marta Demosfen singari u ham og‘ziga mayda toshlarni to‘ldirib, mashq qilmoqchi bo‘lganida tomog‘iga tosh tiqilib o‘lishiga bir baxya qoldi. Duduqlanishdan xalos bo‘lishida oilasi unga katta yordam berdi: hech kim uning ustidan kulmadi, shoshiltirmadi, gapini bo‘lmadi. Jo birinchi nutqini akademiyadagi bitiruv kechasida so‘zladi. Va shu kungacha u tayyorlagan matnining qayerida pauza qilishi va qayerida nafas olishi kerakligini qalam bilan belgilab oladi.

    Rojdestvo arafasidagi fojia

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joning yetakchilik fazilatlari talabalik yillarida namoyon bo‘la boshladi, hamma uni yoqtirar, uni doimo turli lavozimlarga saylashardi. Akademiyada u Neliya ismli qiz bilan tanishdi va unga kelajakda prezident bo‘lishga va’da berdi. Ular Jo o‘z faoliyatini yurist sifatida boshlaganida turmush qurishdi. Birinchi marta senator etib saylanganida esa ularning uchta farzandi bor edi: o‘g‘illari — Bo va Xanter, shuningdek, yangi tug‘ilgan qizi Naomi. O‘shanda 1972-yil edi, saylovda g‘alaba qozonganiga atigi bir oy bo‘lgandi. Jo Bayden — AQShning eng yosh senatorlaridan biri. Joning tasavvurida u tugal va abadiy baxtga erishgandi: yorqin karyera, sevimli rafiqa, ajoyib bolalar ... Lekin kutilmaganda hammasi butunlay o‘zgarib ketdi: Neliya va farzandlari Rojdestvo archasiga bezaklar xarid qilgani ketishayotganida avtomobil halokatiga uchradi. U va qizi voqea joyida vafot etdi, o‘g‘illari esa og‘ir jarohat oldi. O‘shanda Jo taqdirning bunday hukmidan nihoyatda g‘azablandi: qaysi gunohi uchun u bunday azoblarga giriftor bo‘ldi?

    Shundan so‘ng Jo Senatdagi o‘rnidan voz kechib, o‘zini o‘g‘illarini tarbiyalashga bag‘ishlamoqchi bo‘ldi, lekin uni bu yo‘ldan qaytarishdi. U senatorlik qasamyodini o‘g‘illari yonida — kasalxonada qabul qildi. Shuningdek, u har kuni Delaverdan Vashingtongacha bo‘lgan 200 kilometrlik masofani bosib o‘tib, ishiga borib-kelib yurdi.

    Oila to‘liq bo‘ldi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rafiqasining vafotidan uch yil o‘tgach, Jo ingliz tili o‘qituvchisi Jill bilan uchrashuvga chiqdi. Uchrashuvni Jillni yaxshi taniydigan Joning ukasi uyushtirdi. Jill uchrashuvga yasanib kelgan, Jo esa oddiygina mokasina va sport paltosida edi. Uni ko‘rgan Jillning hafsalasi pir bo‘ldi: unga mashhur odam mukammal ko‘rinishi kerakdek tuyuldi, lekin birinchi uchrashuvdayoq uning oldida kelishgan, suyansa bo‘ladigan va hamdard odam turganini angladi. Ular kinoga tushishdi, Jo Jillni uyigacha kuzatib qo‘ydi va qo‘llarini siqib, xayrlashdi. “Oyi, u haqiqiy jentlmen”, dedi uchrashuvdan ko‘ngli to‘lib qaytgan qiz onasiga. Shundan so‘ng hammasi tezlashib ketdi — Jo Jillning qo‘lini besh marta so‘radi, Jill esa bolalarning onasi o‘rnini bosa olarmikanman, deb xavotirlanardi. Uning o‘zi ham bolalarni yaxshi ko‘rib qolgandi, ammo mas’uliyatni juda yaxshi tushunardi. Uni, shuningdek, Joning jamiyatdagi obro‘si ham xavotirga solardi. Jill har doim oddiy odamga turmushga chiqishni, kamtargina oilani xohlagan. Shuning uchun, u to‘rt marta Joning oila qurish haqidagi taklifini yumshoq qilib, rad etdi. Ammo Jo: “Oxirgi marta so‘rayapman, rafiqam bo‘lasanmi?” deganida, Jill rozi bo‘ldi. Bayden bu voqeani shunday eslaydi:

    “U kelishi bilan oilamiz to‘liq bo‘ldi. Biz baxtli edik”

    Ular 1978-yilda turmush qurishdi, 1981-yilda esa qizli bo‘lishdi. Qizig‘i shundaki, Bayden hukumatda ikkinchi darajadagi shaxs bo‘lganida ham Jill kollejda dars berishni to‘xtatmadi. U mamlakat tarixida eriga yordam berish uchun karyerasidan voz kechmagan ilk “ikkinchi xonim” bo‘ldi. Hozirda ham u vaqti-vaqti bilan dars berib turadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘g‘illari yosh bo‘lgan paytlarda Bayden ularni tez-tez ishxonasiga olib borar, to‘ng‘ich o‘g‘li Bo ham otasi kabi yuristlik kasbini tanlagandi. Hammasi yaxshi edi, o‘g‘li Delaver shtatining bosh prokurori bo‘ldi. Bo oilaning sevimlisi bo‘lib, hamma u bilan faxrlanardi: u Iroq urushi faxriysi, muvaffaqiyatli yurist, ajoyib oila boshlig‘i, ikki bolaning otasi edi. Ammo Bo 2015-yilda 46 yoshida miya saratonidan vafot etdi. Bu fojiadan Bayden adoyi tamom bo‘ldi. 2016-yilgi prezidentlik saylovida qatnashmoqchi bo‘lgan Bayden hayotining bu davrida oilasi bilan birga bo‘lishga qaror qildi. Rafiqasi, bolalari va nabiralari Baydenga bu judolikni ham yengib o‘tishiga yordam berishdi.

    Va nihoyat 2021-yilda Bayden prezident bo‘ldi. Hozirda Jo Baydenning katta oilasi, ikki farzandi va yetti nafar nabirasi bor. Uning ko‘ngli hayot uni yana sinashini sezadi, lekin u shunday oilasi bilan tezda o‘rnidan tura olishini ham biladi. Hayot esa davom etaveradi…

    Mavzuga doir:

    • Zo‘ravonmi yoki jabrdiyda? Taqdir zarbalaridan qochib qutulolmagan pop qiroli — Maykl Jeksonning fojiali taqdiri
    • Karyera bilan tarbiyani umumlashtirishning uddasidan chiqqan serfarzand mashhurlar
    • “Karyera uchun muhabbatimni qurbon qildim”. Model Naomi Kempbell ona bo‘lgani va shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi

    03.10.2021, 13:57   Izoh (0)   38167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.