• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    “Tinib-tinchimagan odamlar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya?” Niderlandiyadagi hayotning o‘ziga xosligini ifodalovchi suratlar

    Ilg‘or texnologiyalardan eng birinchilarda bo‘lib foydalaniladigan lolalar mamlakati — Niderlandiyaga bejiz Yevropaning Yaponiyasi deb ta’rif berilmaydi. Aholining qulayligi hamma narsadan ustun turadigan mamlakat bilan bog‘liq ma’lumotlar kishini lol qoldirishi aniq, deya hikoya qiladi AdMe.

    Supermarketlardagi personal skanerlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Do‘konlarda xarid amalga oshirganda kassadagi vaqtni tejash uchun personal skanerlardan foydalansa bo‘ladi. Savdo zalining kiraverishida joylashgan uncha katta bo‘lmagan devaysni aravachalarga o‘rnatsa ham bo‘ladi. Peshtaxtalardagi mahsulotlarni olish bilan undagi shtrix kodni skanerga ko‘rsatish kerak. Barcha kerakli narsalarni olgandan keyin to‘lovni ham ushbu skanerda amalga oshirsa bo‘ladi. Buning uchun bank kartasini skanerga ko‘rsatish kifoya. Yana bir boshqa variant ham bor. Buning uchun telefoningizga maxsus ilovani yuklab olib, mahsulotlarni telefon kamerasi orqali skanerlasa ham bo‘ladi.

    Velosipedchilar uchun chiqindi qutisi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Qulay ekani sabab ham Niderlandiyada velosipeddan keng foydalaniladi. Velosipedlar harakatlanadigan yo‘llarning chetida esa tezlikni pasaytirmasdan turib uloqtirish imkonini beruvchi chiqindi idishlari o‘rnatilgan.

    Plastiksiz mahsulotlar sotiladigan dunyodagi birinchi do‘kon

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyadagi supermarketlardan birida 700 mingdan ortiq plastik bo‘lmagan mahsulot o‘rin olgan bo‘lim bor.

    Qo‘riqxonalarda ho‘kizlarni uchratish mumkin

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Qo‘riqxona bo‘ylab sayr qilganda yo‘ldan ho‘kizlarning chiqib qolishi Niderlandiya uchun tabiiy.

    Harakatlanadigan poyezd uchun avtoyuvish shoxobchasi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bir necha yil avval Niderlandiyada soatiga 20 km tezlikda harakatlanayotgan poyezdni chinnidek toza qilishga mo‘ljallangan avtoyuvish shoxobchasi ishga tushirilgan. Ekologik va ancha tejamkor hisoblangan ushbu shoxobchada yuvish uchun oddiy sovundan foydalaniladi. Jarayon, darhaqiqat, poyezd yuvilishi kerak yoki yo‘qligini tekshiradigan kompyuterdagi tizim orqali boshqariladi.

    Mayonezli kartoshka fri

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyada mayonezdan ham va fritsaus — qovurilgan kartoshka uchun sousdan ham foydalaniladi. Mayonezning yog‘i 80 foizni tashkil qilsa, fritsausda 25 foiz ekani hisobiga ushbu sous ham arzon, ham foydali hisoblanadi.

    Baland karavotlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyadagi xonadonlarda joylashgan karavotlar, asosan, baland bo‘ladi. Gap shundaki, bola tug‘ilgach, tug‘uruqxonalarda bir necha soatdan keyin javob berib yuboriladi. Shundan keyin yosh ona hamshira yollashiga to‘g‘ri keladi — ushbu xizmat sug‘urtaning ichiga kirib ketadi. Ammo o‘ziga yarasha talab ham bor: hamshiraga qulay bo‘lishi uchun karavotlar ma’lum balandlikda bo‘lishi kerak. Agar unday bo‘lmasa, balandlatadigan maxsus vosita sotib olishga to‘g‘ri keladi.

    Mitti avtomobillar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aslida nogironlar uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan mashinalar keyinchalik Amsterdamning tor ko‘chalari uchun ham qulay deb baholangan. Unchalik ko‘p yoqilg‘i sarflamagani va ikki elektr bilan ishlaydigan modellar borligi esa talabning yanada ortishiga sabab bo‘lgan. Ixcham bo‘lgan ushbu mashinalarni velosiped yo‘lida haydasa ham bo‘ladi.

    O‘ziga xos yechim 

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jamoat joyida vandalizm (madaniy yodgorliklarni oyoqosti qilish)ning oldini olish va yosh hamda uysizlar deraza ostida uxlamasligi uchun g‘ishtlar qirrali qilib teriladi. Biroq mahalliy aholi bunday usullarni ma’qullamagan holda muammolarni boshqacha hal qilishga chaqiradi.

    Shkafdan xo‘jalik blogi o‘rin oladi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bir qancha xonadonlardagi shkaflarda quvurlar, hisoblagich, qurilma va modemlar joylashadi.

    Pishloq va tuxum sotiladigan avtomatlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyada mahalliy fermerlar vositachilarga alohida mablag‘ sarflamasligi uchun pishloq va tuxum sotadigan avtomatlar o‘rnatiladi. Bunda fermer ko‘proq pul topib, supermarketdagidan kamroq mablag‘ sarflaydi, mahsulotlar esa hamisha yangi bo‘ladi.

    Uzluksiz yo‘laklar

    Niderlandiyadagi trotuarlar katta yo‘lga ulanib ketgan bo‘ladi. Aksariyat hollarda avtomobillar yaqqol ko‘zga tashlanadigan “zebra”lar va hatto “stop” belgisini ko‘rganda ham tezlikni kamaytirmaydi. Uzluksiz yo‘lkalar dizayni esa haydovchilarni sekin harakatlanishga majbur qiladi.

    Amsterdamdagi katta oynalarning tepasida ilgak bor

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bu arqonni ilib, mebellarni uyga olib kirish va undan olib chiqish uchun maxsus o‘rnatilgan. Uy zinalari odatda ingichka ekani sabab mana shunday usul o‘ylab topilgan.

    Yo‘llardagi avtomatlashtirilgan ustunlar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bunday harakatlanadigan yo‘l ustunlari shahar markazlaridagi transport harakatlarini nazorat qilish uchun o‘rnatilgan. Shahar avtobusi harakatlanayotgan vaqtda pastga tushgan ustun, boshqa vaziyatlarda yo‘lovchi va velosipedchilar bemalol harakatlanishi uchun mashinalar uchun yo‘l topadi.

    Qoziqoyoq ustiga qurilgan uylar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tuproqning haddan ortiq yumshoqligi sabab uylar yer ostiga 12 metrdan ko‘proq ichkariga kiritiladigan yog‘och va beton qoziqoyoqlarga qo‘yiladi.

    Kanallar chetida to‘siq bo‘lmaydi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kanallar unchalik chuqur bo‘lmaydi, aholining aksariyati suzishni biladi. Bundan tashqari, kanallar hududi bo‘ylab odatda yo‘lkalar bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan bunday yerlarga ko‘pincha mashinalar qo‘yiladi.

    Quyoshli yo‘l va batareyalar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyada ob-havo, asosan, bulutli ekaniga qaramay, deyarli har bir uyning tomiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Qolaversa, aynan ushbu mamlakatda quyosh batareyali dunyodagi ilk velosiped yo‘li tashkil qilingan. U Solaroud yoki “Quyoshli yo‘l” deb nomlanadi. Solaroud yo‘llarni yoritish, transport vositalari va elektromobillar uchun elektroenergiya bilan ta’minlaydi.

    Kassada navbat kutilsa

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Niderlandiyadagi supermarketlarda 4 kishidan ortiq kishi navbatda tursa va do‘kondagi qolgan kassalar ochiq bo‘lmasa, savatchaga solingan mahsulotlardan biri bepul beriladi.

    Hojatxonalarda sochiq

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jamoat hojatxonalarida qog‘oz sochiq o‘rniga matolisidan foydalaniladi. Qo‘llar artilganidan keyin o‘sha qismi avtomatik ravishda pastga tortiladi. Foydalangandan keyin ushbu qismi yuvilib, dezinfeksiyalanadi va qayta ishlatiladi.

    Lolalarning kelib chiqishi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Piyozining 70 foizi Niderlandiya bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lolalar ilk bor XVI asrda Usmonlilar imperiyasidan keltirilgan. Niderlandiyada lolalar har yili aprel oyining o‘rtasidan may oyining birinchi haftasigacha gullashni boshlaydi.

    Mavzuga doir:

    • Dunyodagi imkon bo‘lishi bilan borib ko‘rishga arziydigan 7 ta xushmanzara maskan (foto)
    • Shahar va betakror manzaralarning samolyotdan turib olingan suratlari
    • Sayyoradagi ko‘zni quvnatuvchi manzaraga ega maskanlar suratlari
    • Yer yuzidagi inson hayoti davomida borib ko‘rishga arziydigan maskanlarning o‘ziga xos suratlari

    22.10.2021, 21:58   Izoh (0)   39468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.