• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Odamlar ko‘ngli tusaganidek ish tutishi uchun ularga mantiqning keragi yo‘q, bahona bo‘lsa bas”. Asli shifokor-u, biroq adabiyotdan halovat topgan ingliz yozuvchisi Somerset Moem haqiqatlari

    Ingliz yozuvchisi Somerset Moem hayotda ko‘rgan-kechirganlarini murakkab psixologik jarayonlarga o‘rab, oddiy va tushunarli ifodalab bergani uchun ham kitobxonlar qalbidan joy olgan. “Daryo” qariyb yuz yosh bilan yuzlashib, umri oxirigacha 25 pyesa, 21 roman va 100 dan ortiq hikoya yozgan, asarlari hamon qo‘lma-qo‘l o‘qilayotgan adibning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaydi.

    Bolalikning achchiq xotiralari

    Somerset Moemning bolaligi

    Somerset Moemning bolaligi
    Foto: Getty Images

    Qahramonlardagi ichki g‘alayonlarni oddiy so‘zlar bilan tasvirlashni uddalagan Somerset Moem 1874-yilning 25-yanvarida Parij elchixonasidagi ingliz diplomati oilasida tug‘iladi. O‘sha paytda Fransiya hududida dunyoga kelgan bola ushbu mamlakat fuqarosi hisoblanishi, kelajakda mabodo urush bo‘lsa, frontga yuborilishi mumkinini inobatga olgan ota-ona farzandining kelajagi haqida barvaqtroq qayg‘uradi. Shu bois, Moem diplomatik jihatdan Britaniyaga qarashli elchixona hududida dunyoga kelgan.

    Ammo 10 yoshga to‘lar-to‘lmas ota-onasidan ayrilib, taqdir chalkashliklariga ko‘nishiga to‘g‘ri keladi. Uch akasi birvarakayiga Kembrijda yuristlikka o‘qiyotgani uchun yolg‘iz qolgan Somersetni Angliyada yashaydigan amakisi qaramog‘iga oladi.

    Foto: Getty Images

    Tili fransuzchada chiqqan bolakay ingliz tilini Fransiyadan ketgachgina o‘rgana boshlaydi. Yetimlik “ta’m”ini erta totgan Somerset arosatda qolgani, ikkinchi tilni tuzukroq o‘rganolmagani ortidan duduqlanib gapiradi, nutqdagi bunday buzilish esa umrining oxirigacha davom etadi. Fransuzcha aksent bilan tutilib-tutilib so‘zlaganiga ingliz tengqurlari masxarasi, tahqiriga uchragan bola do‘st orttira olmagach uyum-uyum kitoblar orasiga sho‘ng‘iydi, ulardan yupanch topadi.

    Foto: Getty Images

    O‘zlikni anglashga urinish

    15 yoshida nemis tilini o‘rganish bahonasida amakisidan Germaniyaga ketishga ruxsat so‘ragan bo‘lajak yozuvchi o‘zini har doim ikkinchi darajali yozuvchilar qatoriga qo‘ygan. Geydelberg universitetida adabiyot va falsafa yo‘nalishida ta’lim olarkan, falsafiy ma’ruzalar qatori dramaturgiya va teatrga qiziqishi tobora ortib, Ibsen, Gyote, Vagner, Verlen va Dante ijodidan bahramand bo‘ladi. Oradan uch yil o‘tib, 18 yoshida Angliyaga qaytgan Moem endi avvalgi bolakayga o‘xshamas, jahon klassik adabiyoti, san’ati va musiqasi bilan shuuri to‘lib, butunlay boshqa olamlarni kashf etgandi.

    Bolalikdagi tortinchoqligi o‘tmishda qolib, o‘ziga ishonchi ancha oshgan navqiron yigit kasb borasida oilasidagi erkaklardan andoza olmaslikka qaror qiladi va ulardan farqli o‘laroq yurist bo‘lishdan voz kechib, Londondagi tibbiyot maktabida o‘qishini davom ettiradi.

    O‘qishni tamomlab, shifokor bo‘lib tuzukroq ishlamagan bo‘lsa-da, orttirgan tajribasi “Lambetlik Liza” nomli ilk romanini yozishda asqatadi. Ijodi bilan yaqindan tanish kitobxonlar tibbiyot uning yozish uslubiga ta’sir qilgani, asarlarida tibbiy atamalar ko‘proq qo‘llanganiga guvoh bo‘ladi. Nega doktorlik faoliyatini davom ettirmaganini so‘raganlarga: “Men odamlarning hayotdan ko‘z yumishi, og‘riqdan badani qaqshab-titrashini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yana men umid, qo‘rquv va tasallining qanday namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘ldim”, deydi, xolos. Insonlarning jamiki dardi – ruhiy evrilishi, jismoniy og‘riq va iztiroblarini asarlari qatiga singdiraveradi.

    Foto: Getty Images

    Ruhan erkinlikka intilish

    Moemning hayotida ikki ayol bo‘lgan. Avvaliga Syu Jons sifatida mashhur bo‘lgan aktrisa Etilvina Jounzga ko‘ngil beradi. 1930-yili yozilgan “Shirin kulcha va pivo” nomli romanidagi qahramon ismi mahbubasidan ilhomlanib tanlanganini ham yashirmaydi. Tuyg‘ulari sof va samimiyligiga qaramay, Syu uning oila qurish haqidagi taklifini rad etadi.

    Somerset Moem va Syu Jons

    Somerset Moem va Syu Jons
    Foto: Getty Images

    Ikkinchi ayol esa farmasevtika sohasida ko‘zga ko‘ringan magnat Henri Uelkomning sobiq rafiqasi Siri Mogam edi. Munosabatlarni nikoh bilan mustahkamlash niyatida 1917-yili sevishganlar turmush quradi. Tez orada otalik baxtiga muyassar bo‘lgan yozuvchi dunyoga kelgan qiziga ilk kitobidagi qahramon kabi Elizabet (Liza) deb ism qo‘yadi.

    Somerset Moem rafiqasi Siri Mogam bilan

    Somerset Moem rafiqasi Siri Mogam bilan
    Foto: Getty Images

    Ruhi hamisha erkinlikka talpingan Somerset qizi va rafiqasini Londonda qoldirib, Gretsiya, Misr, Ispaniya, Malayziya, Xitoy va boshqa mamlakatlarga safarga otlanadi. Asarlarida hayotni, odamlarni boricha tasvirlashni ma’qul bilgan, badiiy to‘qima, safsatalarni jini suymagan ijodkor yangiliklar, taassurotlarga bo‘lgan chanqog‘ini qondirish uchun sayohatlardan beri kelmaydi. Shu va boshqa sabablar tufayli 1929-yili Siri bilan ajrashishni afzal biladi.

    Foto: Getty Images

    Muxbir niqobidagi josus

    Moemning asarlari bilan tanish o‘quvchi uning yozish uslubi soddaligidan tashqari ruhiy tushkunlik bo‘rtib turishini tezda payqaydi. Adibning tarjimayi holi bilan tanishgach, bunga yetimlik, bolalikdagi iztiroblar, Birinchi jahon urushi vaqtida josus bo‘lib ishlagani, shaxsiy munosabatlardagi muammolar, ajrim sabab bo‘lganini fahmlash mumkin.

    Umuman, Moem o‘zini bir qancha sohalarda sinab ko‘rish, tavakkal qilishdan cho‘chimagan. Orttirgan tajribalari asarlarining xilma-xilligini ta’minlab, muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo‘shgan. Razvedka agenti va yozuvchilikni birlashtirib, u Kristofer Marlo, Daniel Defo izidan boradi.

    Birinchi jahon urushi vaqtida sanitar qismda xizmat qilgan adib razvedka bo‘limiga o‘tkazilgach, Fransiya, Italiya, Rossiya, Amerikadan tashqari, Tinch okeani orollarining janubiy qismlarida xizmat o‘taydi. Maxfiy josus sifatidagi faoliyati “Eshenden yoki britaniyalik agent” nomli novellalar to‘plamida ham aksini topadi. Tanqidchilar ushbu to‘plamni zamonaviy josuslik janridagi romanlarning boshlanishi deydi. Rejissor Alfred Xichkok “Maxfiy agent”, “Sotqin” va “Sochsiz meksikalik” nomli filmlarini suratga olish uchun adibning asarlariga murojaat qilgan.

    Foto: Getty Images

    Ijod pillapoyasidagi yurish

    Tarjimachilikdagi ilk urinishi, ya’ni Ibsenning asarlaridan o‘girmalari omadsiz yakunlanadi. Biroq birinchi romani “Lambetlik Liza” unga kutilmagan shuhrat, sharaf va mashhurlikni keltiradi. Ijodiy faoliyatida Filding, Dostoyevskiy, Dikkens va Flober asarlarini tahlil qilish barobarida davrning dolzarb tendensiyalarini ham ko‘zdan qochirmaydi.

    “Insoniy ehtiroslar zalvori” nomli romanida yosh yigitcha va u ro‘baro‘ bo‘ladigan insonlarning ruhiy kechinmalarini mohirona ifodalaydi. “Oy va chaqa”, “Shirin kulcha va pivo”, “Teatr” nomli romanlari ham yetarlicha mashhurlikka erishgan. “Ledi Frederik” nomli birinchi pyesasi iliq kutib olinganidan ilhomlangan yozuvchi XX asrning birinchi yarmidagi ingliz jamiyatida ko‘zga tashlangan dolzarb masalalarni o‘zida jamlagan “Noma’lumlik”, “Sadoqatli xizmati uchun” hamda “Sheppi” pyesalarini yozadi.

    Burjuaz jamiyatining munofiqona odatlarini xolis tasvirlagani uchun mashhurlikka erishgan adib 1965-yil 16-dekabrda, Fransiyaning Nitsa shahrida vafot etadi. Asarlaridan “Notanish odam Parijda”, “Teatr” va “Oy va chaqa” romanlari, “Yomg‘ir” hikoyalar to‘plami o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir: “Boshqalar bilan bir xil kitob o‘qisang, hammadek fikrlay boshlaysan”. Adabiyotdan ko‘ra jazzdan ilhomlanib ijod qilgan yapon yozuvchisi — Haruki Murakami iqrorlari

     

    26.01.2022, 16:48   Izoh (0)   56904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.