• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Adabiyot mening ma’shuqam, tabobat esa rafiqamdir”. Asarlari singari qisqa, ammo mazmunli umr kechirgan rus adibi Anton Chexov saboqlari

    “Hayot san’atkori” deya ulug‘langan mashhur rus adibi Anton Pavlovich Chexov 25 yillik ijodi davomida yuzdan ortiq turli-tuman asarlar (qisqa yumoristik hikoyalar, jiddiy qissalar, pyesalar) yaratdi. Asarlari qator tillarga tarjima qilinib, pyesalari bir asrdan oshibdiki, dunyo teatrlari sahnasidan tushmaydi. “Daryo” yozuvchining hayot va ijodi yo‘liga nazar tashlaydi.

    Foto: “culture.ru”

    Kitob va san’at — zulmatdagi fonus

    1860-yili Rossiyaning Taganrog shahrida, savdogarlar oilasida tug‘ilgan Chexov muddaosi qorin to‘ydirish, shunchaki kun kechirish va buguni bilangina yashaydigan kimsalar orasida ulg‘ayadi. Yosh Anton ro‘zg‘or tebratish asosiy dardi bo‘lgan otasi, 6 nafar farzand tarbiyasi bilan ovora onasiga ko‘maklashish uchun boshqa aka-ukalaridek sahar beshda turib, savdo va uy yumushlarida dastyor bo‘ladi. Zaiflarni qo‘llab-quvvatlash, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, farosat va odob inson ziynati ekanini oddiy uy bekasi, qishloqning sodda ayoli — onasidan o‘rganadi. “Bolalik nima ekanini bilmaganman”, deb bot-bot ta’kidlagan Chexovning hayotiga kitob va teatrgina rang beradi.

    Foto: “culture.ru”

    Mutolaa va sahna asarlarini muntazam ko‘rish orqali dunyoqarashi, fikrlashi o‘zgarib, keyinchalik o‘zi ham qo‘liga qalam olib, nimadirlar qoralay boshlaydi. Ilk hikoya va povestlarini gimnaziyada o‘qiyotgan yillari yozadi.

    Kunlarning birida o‘quvchisining adabiyotga ishqi balandligidan boxabar ustozi Fyoder Pokrovskiy unga “Chexonte” nomli taxallusni asarlari yakuniga bitishini maslahat beradi. Shu zayl “Hikoyalarimni turli jurnallarda bosishar”, deya paydar-pay tahririyatlarga yuborsa-da, noshirlar uni chop etishga hadeganda oshiqavermaydi.

    Taqdirning achchiq hazili ortidan otasi ishlari kasodga uchragach, kreditorlarning ta’qibidan qochib, barcha mol-mulki, xususan, uyini ham sotib, Moskvadan qo‘nim topadi. Ona shahrida sariq chaqasiz, yolg‘iz qolgan Anton esa qo‘l qovushtirib o‘tirish kerakmasligini tushunib, repetitorlik qila boshlaydi.

    Foto: “culture.ru”

    “Adabiyot mening ma’shuqam, tabobat esa rafiqamdir”

    Chexovning biografiyasi bilan tanishgan o‘quvchi uning qisqa, ammo mazmunli umrini ijod bezaganini darrov payqaydi. Qiyinchiliklarga yo‘liqqanida, moliyaviy muammolar girdobida qolganida, hatto boshqa kasbni tanlashni afzal bilganida ham adabiyot unga tasalli bergan.

    1879-yili Chexov hayotida muhim voqea ro‘y beradi. Moskva universitetining tibbiyot fakultetiga qabul qilinadi. Ammo ko‘z yoshlarga ishonmaydigan shaharda non topish u o‘ylaganidan ko‘ra qiyinroq edi. Buni tushunib yetgan yozuvchi joniga qoralamalari evaziga berilgan qalam haqlari oro kiradi. “Bemori yo‘q shifokor”, “Akamning ukasi”, “Shiller Shekspirovich Gyote”, “Bir kimsa” kabi 50 ga yaqin taxallus bilan yozishdan charchamaydi. “Antosha Chexonta” va boshqa shunga o‘xshash ko‘plab taxalluslar bilan yoza boshlagan kichik-kichik yumoristik hikoyalari asta-sekin mashhurlikka erishadi.

    Moskvadagi “Budilnik”, “Tomoshabin” jurnallarida chop etilgan ijod namunalari, “Peterburg gazetasi” bilan hamkorlik Chexovga 1885-yili kutilmagan mashhurlikni keltiradi – uni kichik hikoyalar muallifi sifatida xalqqa tanitadi. Yozuvchi Dmitriy Grigoryevichning iste’dodni isrof qilmay, salohiyatingni toshi og‘ir ijod namunalariga sarfla, degan maslahatidan keyin astoydil ishga kirishadi. “Yangi vaqt” jurnali noshiri, tanqidchi Aleksey Suvorin bergan tuzukkina gonorar sabab ro‘zg‘orni o‘ylamay, “Dushmanlar”, “Agafya” va “Dahshat” nomli hikoyalarini yozadi.

    Universitetning uchinchi bosqichidayoq shifoxonalarda assistentlik qila boshlagan yosh Anton diplomini olgach, uy eshigining oldiga “Shifokor A.P. Chexov” degan yozuvni osib qo‘yadi. Keyinroq turli qishloqlardagi shifoxonalarda ham bemorlarga shifo ulashadi. Ko‘p kasallik ruhiy holat bilan bog‘liq ekanini yaxshi bilgan Chexov xastalarni faqatgina dori-darmon bilan davolabgina qolmay, ularning ko‘nglini ko‘tarish, hayotga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga urinadi.

    Salomatligida muammosi ko‘p, ammo ahvoli tang kasallardan pul olishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Imperator akademiyasining og‘zaki va yozma nafis adabiyot bo‘yicha faxriy akademigi bo‘lgan Anton Chexov haqida gap ketganda ko‘pchilik, tibbiyot uning adiblik faoliyatiga xalal berganini ta’kidlaydi. Lekin tibbiyot unga begona bo‘lganida, ehtimol, adib dard neligini yaxshi his etmasligi, qahramonlarining ruhiyatini ochib berolmasligi va alal-oqibat, asarlari ham bu kungacha “tirik” bo‘lmasligi mumkin edi.

    Foto: “culture.ru”

    Sujet, qahramon va konflikt izlab koloniyaga

    Bora-bora o‘zidan qoniqmagan ayrim yozuvchilardek Chexovning ko‘ngli ham sayohat tusaydi. Sibir orqali o‘tib, Saxalin orolida to‘xtagan adib ushbu safari muvaffaqiyatli chiqishi-yu, bunga salomatligi bilan tovon to‘lashini xayoliga ham keltirmasdi. 82 kunini yo‘lda o‘tkazgan Anton manziliga yetguncha 9 ta ocherk yozib tugatadi.

    Nihoyat orolga yetib borgach, mahalliy aholi bilan tezda tanishib, ularning hayot hikoyalarini tinglashga kirishadi va shu asnoda materiallari uchun qimmatli ma’lumotlar to‘playdi. Orol ma’muriyati unga mahkumlar bilan muloqot qilishni man etadi, ilhom va taassurot ilinjida sovug‘-u qiyinchiliklarga qaramay yo‘l bosib kelgan yozuvchi esa bilganidan qolmaydi.

    Uch oy-u ikki kun davomida fuqarolar haqidagi deyarli 10 ming statistik kartochkalarni to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Mahalliy amaldorlardan tortib, qamoqxona mahkumlari bilan ham yuzma-yuz gaplashib chiqadi, shifoxonalar ahvolidan tashqari mehnat va jazo turlari qanday kechishini ham ko‘zdan qochirmaydi. Urinishlari besamar ketmagan yozuvchi go‘yoki ayrim siyosiy mahkumlar o‘z joniga qasd qilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan farqlanishini payqaydi. Holatni zimdan kuzatib, ko‘rganlarini qayd etgan Chexov Saxalindan keyin Gonkong, Singapur, Seylon oroli va Odessaga ham boradi. Yaqinlari bilan esa 1890-yili Tulada ko‘rishadi.

    Anton Chexov Lidiya Mizinova bilan

    Anton Chexov Lidiya Mizinova bilan
    Foto: “culture.ru”

    Sevgidan ko‘ra erk afzal(mi?)

    Chexovning hayot yo‘lida xotin-qizlar ko‘p uchragan. Singlisining dugonasi Lidiya Mizinova bilan qariyb 10 yil uchrashib, sevishib yurganiga qaramay, turmush qurish haqida gap ochilishi bilan o‘zini olib qochaveradi. “Chayka”dagi Nina obrazi uchun Mizinovaning taqdiri prototip qilib olinadi. “Kuchuk yetaklagan ayol” hikoyasidagi ayol obrazi uchun keyinroq uchrashib yurgan ma’shuqasi Yelena Shavrovadan ilhomlanadi. “Chayka” pyesasining tayyorgarlik jarayonida tanishgan maftunkor va kibor aktrisa Olga Knipper esa boshqa ayollardan farqli o‘laroq uni oila qurishga ko‘ndira oladi. 1901-yilda turmush qurganiga qaramay, juftlik farzand ko‘rolmaydi.

    Anton Chexov Olga Knipper bilan

    Anton Chexov Olga Knipper bilan
    Foto: “culture.ru”

    Antonda sil kasalligining belgilari ilk bor 24 yoshida namoyon bo‘la boshlaydi. Aytishlaricha, mazkur kasallik unda bolaligidayoq aniqlangan. Boshqa taxminlarda esa qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaganida qabuliga kelgan bemorlardan silni yuqtirib olgani, Saxalinda esa dardi zo‘rayib ketgani aytiladi. Ularning qay biri to‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar, bir narsa aniq: yozuvchi sog‘lig‘iga beparvo bo‘lib, oiladagilari ortiqcha xavotirlanmasligi uchun kasallik bilan bog‘liq salbiy o‘zgarishlarni yaqinlaridan yashirib keladi. Keyinroq ahvoli yomonlashib shifoxonada davolanishga majbur bo‘ladi.

    Tuzukroq oyoqqa turmay, ijod qilish dardida shifokorlardan uyga javob berishlarini so‘raydi. Kamiga qon aralash yo‘talayotganini ham yashiradi. Chexov hayotining ajralmas qismiga aylangan dard va og‘riqli hislar asarlariga ham ko‘chadi. Bu, ayniqsa, “Noma’lum odam haqidagi hikoya”da yaqqol bilinadi. Adib 1904-yil Badenvaylerda sil kasalligi sabab hayotdan ko‘z yumadi.

    Gumanizm kuychisi

    Asli mutaxassisligi shifokor bo‘lgan adib, kasbi bilan odamlar jismiga, asarlari bilan esa qalblarga shifo ulashadi. U o‘zidan avvalgi adiblar va zamondoshlari singari roman yozmagandir, ammo o‘zi afzal bilgan qisqalik bilan so‘zlarning ohorini to‘kmay jamiyatdagi muammolar, davr odamlarining maishiylikka sho‘ng‘iyotganini qahramonlari hayoti misolida ochib beradi. Yozuvchi butun ijodi davomida atrofidagilarni ruhiy karaxtlikdan uyg‘otishga urinadi. Odamlar odam bo‘lsagina, hayot yaxshilanishiga butun vujudi bilan ishonadi.

    Gumanizm kuychisi sifatida e’tirof etiladigan yozuvchining “Amaldorning o‘limi”, “Buqalamun”, “Semiz va oriq”, “Qayliq” hikoyalaridagi voqealar bir-biridan farq qiladi, lekin ularda hamma muammolar negizi borib odamga taqalishini anglash qiyin emas. “Olchazor”, “Vanya tog‘a”, “Chayka” va “Uch opa-singil” nomli asarlari haligacha sahnalardan tushmay, repertuarlarni to‘ldirib, tomoshabinlarni qayta-qayta teatrlarga chaqirmoqda. “Chexovshunoslik”, “Chexov hikoyalari maktabi”, “Chexov dramaturgiyasi” kabi mahorat yo‘nalishlari paydo bo‘lgani ham bekorga emas, aslida.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • “Odamlar ko‘ngli tusaganidek ish tutishi uchun ularga mantiqning keragi yo‘q, bahona bo‘lsa bas”. Asli shifokor-u, biroq adabiyotdan halovat topgan ingliz yozuvchisi Somerset Moem haqiqatlari
    • “Boshqalar bilan bir xil kitob o‘qisang, hammadek fikrlay boshlaysan”. Adabiyotdan ko‘ra jazzdan ilhomlanib ijod qilgan yapon yozuvchisi — Haruki Murakami iqrorlari

    29.01.2022, 22:54   Izoh (0)   34302
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.