• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Fikr kuchi bilan gadjetlarni boshqarish. Neyrointerfeyslar qanday yaratilgan va bu texnologiya bugungi kunda nimalarga qodir?

    Texnologiya haqida gap ketsa, ko‘z oldimizga albatta Ilon Mask keladi. U bir qo‘li bilan Marsni zabt etishga urinsa, ikkinchi qo‘li bilan jahonning fond va kriptovalyuta bozorlarini silkitadi. 2019-yilda Mask dunyoga o‘zining navbatdagi tashabbusini — “miya-kompyuter” interfeysi texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi Neuralink kompaniyasini taqdim etdi. Startap mutaxassislarining fikricha, tadqiqot natijalari ba’zi nevrologik kasalliklarni yengishga ko‘maklashishi, kelajakda esa inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘plab noqisliklarni bartaraf qilishi mumkin. Quyida neyrointerfeys texnologiyasi haqida batafsil so‘z boradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hammasi qanday boshlangan?

    Miya hamda tashqi qurilma o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi texnologiyalar o‘tgan asrda rivojlana boshlagan. Bu kabi tashqi qurilmalarga kompyuter, protez, smartfon, nogironlar aravachasi yoki boshqa tibbiy jihozlar kiradi. 1965-yilda neyrofiziolog Xose Delgado tajriba o‘tkazadi: u neyrochip loyihalashtirib, uni korridada qatnashib yurgan buqaning miyasiga joylashtiradi. Tadqiqotchi turli ogohlantirishlar bilan miyaga bevosita ta’sir qilish orqali jonivordagi tajovuzkorlikni nazorat qilish mumkinligini isbotlamoqchi edi.

    Tajriba shu tartibda amalga oshiriladi: Delgado arenaga kiradi, buqa nishonni ko‘radi. Buqa jangchisi bilan hayvon o‘rtasidagi masofa xavfli darajagacha qisqarganda olim boshqaruv panelidagi tugmachani bosadi. Buqa ortga sapchiydi. Natijani mustahkamlash uchun Delgado qizil matoni oladi. Hayvon bu safar ham yengiladi: qurilma tadqiqotchini ikkinchi marta ham qutqarib qoladi. Tajriba videotasvirga muhrlanadi.

    Keyinchalik professor Delgado boshqa hayvonlar ustida ham muvaffaqiyatli tajribalarini davom ettiradi va 1970-yili The New York Times gazetasiga bergan intervyusida chinakam inqilobiy gapni aytadi:

    Insoniyat evolyutsiyaning burilish nuqtasiga keldi. Biz psixik funksiyalarni mustaqil tarzda boshqarish ostonasida turibmiz. Savol shunday: biz idealda qanday odamlarni yaratmoqchimiz?
    O‘shanda olim o‘tkazgan tadqiqot natijalari axloqiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan. Lekin bu texnologiyaning amaliy foydasi ko‘proq edi va ilmiy hamjamiyat odamlar ustida tajribalar o‘tkazishni boshlab yuboradi.

    Dunyodagi birinchi kiborg odam bo‘lish baxti rassom Jonni Reyga nasib etgan. U jiddiy jarohat tufayli shol bo‘lib qolgandi: qimirlash, gapirish va hatto ko‘zlarini pirpiratishga ham ojiz edi. Nevrolog Filip Kennedi 1998-yilda Jonning miyasiga mikroelektrod joylashtiradi. Rey oddiy xatti-harakatlar haqida o‘ylashi kerak edi — masalan, qo‘lini ko‘tarayotgani haqida. Ushbu harakatlarga mos tushadigan nerv impulslari esa kursorni kompyuter ekranida harakatlantiradi. Shunday qilib, shol bo‘lib qolgan rassom muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

    Kiborg — mexanik yoki elektron komponentlarni o‘z ichiga olgan biologik organizm, inson va mashina gibridi.

    To‘g‘ri, bu uzoqqa cho‘zilmagan. Operatsiyadan to‘rt yil o‘tib, birinchi kiborg odam vafot etadi, tadqiqot uchun doktor Kennediga ajratilgan grant esa tugaydi. So‘ngra shifokor o‘zini ilm-fan uchun qurbon qilishga jur’at topadi va 2014-yilda o‘z miyasiga elektrod o‘rnatadi. Doktor buni amalga oshirish uchun Belizga borgan, chunki AQSHda bunday tajribalar o‘tkazish taqiqlangandi. Biroq keyingi yil doktorning salomatligi yomonlashib, tadqiqot to‘xtatiladi.

    Neyrointerfeys turlari

    Qurilmaga ulanishning turli usullari bor, shu sababli barcha neyrointerfeyslar bir nechta turlarga bo‘linadi:

    Invaziv — miyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri implantatsiya qilingan. Delgado va Kennedi tajribalari aynan shu turga mansub.

    Minimal invaziv — elektrodlar miya yuzasiga joylashtiriladi. Masalan, karlikni davolashda anchadan beri qo‘llab kelinuvchi, mashhur koxlear implantlar.

    Invaziv bo‘lmagan — prinsipial jihatdan operatsiya talab qilmaydigan. Ko‘plab qurilmalar shu tarzda ishlaydi, elektroensefalogrammalardan tortib neyrofitnes mashinalarigacha.

    Qurilma bilan aloqa o‘rnatishning yana bir tasnifi mavjud. Signalni qabul qilish va uzatish prinsipiga ko‘ra, miya interfeyslari bir tomonlama (odamdan qurilmaga yoki aksincha) yo ikki tomonlama (chip bir vaqtning o‘zida signalni ham qabul qilib, ham uzatadi) bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi hozircha faqat konsepsiyalar va ilmiy farazlar darajasida qolmoqda.

    Bugungi kunda neyrointerfeyslardan qaysi sohalarda foydalanilmoqda?

    Tibbiyot

    Shol bo‘lib qolgan rassomning miyasi bilan o‘tkazilgan tajribadan beri bor-yo‘g‘i 25 yil o‘tdi, ammo shu vaqt oralig‘ida neyrotexnologiya jadallik bilan rivojlandi. Protezlash va reabilitatsiya sohasida ajoyib natijalar qayd etildi. Masalan, 2016-yilda Jon Hopkins universiteti olimlari fikr kuchi bilan boshqariladigan robot qo‘lni yaratdi. Kaliforniya universiteti mutaxassislari esa neyrointerfeys, mushaklarni stimulyatsiya qilish va suspenziyadan foydalanib, oyoqlari shol bo‘lib qolgan odamni yurishga o‘rgatadi. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa neyrointerfeys, virtual reallik va ekzoskelet yordamida bemorlarning orqa miyasini qisman tiklashga muvaffaq bo‘ladi.

    2021-yil avgust oyida Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari Shanxay Chjao Tong universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda taktil protez qo‘lni taqdim etgan. U nafaqat barmoqlaringizni boshqarishga imkon beradi, balki teginish hissini ham paydo qiladi: mushukni silab, uning yumshoq mo‘ynasini sezishingiz mumkin.

    Ko‘rish qobiliyatini tiklash sohasida ham yutuqlar mavjud. 2017-yilda Rossiyada birinchi marta to‘r pardasi shikastlangan bemorlarga bionik implantlar o‘rnatish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilgan. Ko‘zoynakka o‘rnatilgan kamera kiberko‘zga signal uzatadi, u esa miyaga vizual tasvirlarni yuboradi. Olimlar hozir kortikal implantlar texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Uning farqi shundaki, mikrochip ko‘zi ojiz insonlarga ko‘zlarsiz ko‘rish imkonini beradi. Ya’ni miya bilan ko‘rishga imkon tug‘iladi.

    Miya signallarini o‘qish insonning ruhiy holatini yaxshiroq tushunishga va hatto ba’zi nevrologik kasalliklarni yengishga yordam beradi. Misol uchun, NeuroAngel startapi tomonidan ishlab chiqarilgan neyrointerfeys holdan toyganlikni aniqlaydi. PigPug garniturasi esa autizm spektrining buzilishi yoki diqqat yetishmovchiligi giperaktivligi bo‘lgan bolalarga diqqatni jamlashni va dam olishni o‘rganishga ko‘maklashadi.

    Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar 

    O‘yin sanoati rivojlanish yo‘lida “miya-qurilma” aloqasidan foydalanishni maqsad qilgan. Bugun garnitura yordamida diqqatni ekranning ma’lum nuqtalariga qaratish orqali personajlarni boshqarishingiz mumkin. PigPug simulyatori xuddi shu tarzda ishlaydi. Katta ehtimol bilan, yaqin kelajakda miya interfeyslari metaolam va individual VR o‘yinlarda avatarlarni boshqarishga yordam beradi.

    2021-yilda Fransiyaning NextMind kompaniyasi kompyuter va televizorga og‘zaki buyruqlar berish imkonini yaratuvchi birinchi qurilmani bozorga chiqardi. Unga yetarlicha mos tushadigan dasturiy ta’minot ishlab chiqilishi bilan bunday eshitish vositasi uskunani odatiy tarzda boshqara olmaydigan kishilar uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi.

    Neyrotexnologiyalar rivojlanishi nimalarga olib kelishi mumkin?

    Buqa bilan o‘tkazilgan tajribadan beri neyrointerfeys va odam simbiozi bilan bog‘liq bahslar to‘xtamaydi. Texnologiya tarafdorlari kiborglar davri kelishini bashorat qilmoqda. Ular bunday odamlarni evolyutsiyaning yangi tarmog‘i vakillari deb hisoblash mumkinligiga ishonadi. Turli noqisliklarni bartaraf qilishda endi mashinalar yordamga keladi. Britaniyalik olim, mustaqil tadqiqotchi, ekolog va futurolog Jeyms Lavlok o‘z kitobida shunday yozadi:
    Kelajakni odamlar emas, balki men kiborg deb ataydiganlar tushunadi. Ular o‘z o‘zini loyihalashtiradi va bunyod etadi.
    Tabiiy va sun’iy intellekt o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p narsalar, masalan, gadjetlarni boshqarish, ma’lumotni qabul qilish va ish jarayonlari haqidagi tasavvurimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Futurologlarning eng keskin prognozlarida hatto “telepatiya”, “aql-idrokni yuklash” va “raqamli boqiylik” kabi farazlar ham uchrab turadi.

    Biroq miya va uning salohiyati haligacha to‘la o‘rganilmagan. Shu sababli antiutopik ssenariylar ham mavjud. Har qanday aloqani buzib kirish mumkin va “miya-kompyuter” aloqasi ham bundan mustasno emas. Neyrointerfeyslar inson ongiga kirish uchun “kalit” bo‘la oladi va texnologiyaga qarshi bo‘lgan insonlar fikriga ko‘ra, aynan shu narsadan qo‘rqish kerak.

    28.05.2022, 17:15   Izoh (0)   26112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.