AQSHda dunyodagi eng qimmat avtomobil raqami sotuvga qo‘yildi: unda MM harfi va Kaliforniya shtatiga tegishli ekanini bildiruvchi yozuv qo‘yilgan xolos. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, “tablichka” hashamatli Mercedes-Maybach’ning o‘ziga xos usulini ideal darajada o‘zida ifoda etadi. Noyob avtomobil raqami 24,3 million dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.
Eksklyuziv raqamlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi The Plate Broker kompaniyasi rahbari Maykl Modekining ta’kidlashicha, MM literasi Mercedes-Maybach avtomobillariga o‘rnatish uchun ideal ravishda mos keladi. Shu sababli mutaxassis aynan ushbu avtomobil egalarini potensial xaridorlar sifatida qaramoqda.
Biroq hozirga qadar ro‘yxatga olish raqami uchun buncha mablag‘ sarflaydigan birorta mijoz topilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mayida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan xayriya kechasida AA9 davlat raqami 10 million dollardan qimmatroqqa sotilgandi.
Izoh (0)