Xitoyning Guandun provinsiyasi Chaochjou shahrida Tesla avtomobili katta tezlikda ikki kishini bosib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.
Avtohalokat haydovchi Tesla Model-Y mashinasini parkovka qilmoqchi bo‘lganida yuz bergan. Elektromobil kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda ikki kilometrni bosib o‘tgan hamda ikkita mototsikl va ikkita velosiped bilan to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, uch kishi jabrlangan.
https://twitter.com/JoshuaPHilll/status/1591903774062288897
Politsiya haydovchining alkogol yoki narkotik mastlik holatida mashina boshqarganini istisno qildi va transport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilishini bildirdi.
Tesla kompaniyasi ma’lum qilishicha, avariya videosi avtomobil tezlikni oshirganida uning stop-signallari yonmaganini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, kompaniya hodisani tekshirishda faol ravishda zarur yordamni taqdim etishini bildirdi.
Mavzuga doir:
- AQShda Tesla haydovchisi birinchi bor avtopilot ishtirok etgan va o‘lim bilan yakunlangan YTH uchun sud oldida javob beradi
- AQShda avtopilot rejimida harakatlangan Tesla halokatga uchradi. Mashinada bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi
- Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi
Izoh (0)