• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Mehridaryo

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida bolalar onkologik kasalliklarga ko‘proq chalinishyapti? Onkolog shifokor bolalarni saratondan himoyalash va uning ilk alomatlari haqida so‘zlab berdi

    2020-yili Toshkent shahrida Bolalar milliy tibbiyot markazi o‘z faoliyatini boshladi. U yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi yagona bolalar tibbiyot muassasasidir.

    Qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan mazkur markaz Koreya Respublikasi ko‘magida, “Baum” korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etildi. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.

    Foto: “Daryo”

    15-fevral Xalqaro bolalar saraton kasalliklariga qarshi kurashish kuni arafasida ushbu tibbiyot markazidan reportaj tayyorlashga qaror qildik.

    — Dunyo tajribasiga ko‘ra, bolalar gematologiya va onkologiya bo‘limlari ko‘p tarmoqli kasalxonalarda ichida faoliyat yuritadi. Chunki kimyo terapiyasini olgan bemorda boshqa kasalliklarning paydo bo‘lishi, xususan, buyrak va yurak siqilishi bilan bog‘liq og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Shunday vaziyatda ko‘p tarmoqli kasalxona shifokorlarining borligi qo‘l keladi. Aslida bo‘limimiz 20 ta bemorga mo‘ljallangan, ammo hozirgi kunda bu yerda 38 ta bemor bola davolanmoqda, — deydi markazning bolalar onkologi Kamol Iskandarov.

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidan kelgan ayol kenja farzandining salomatligi yaxshilanayotgani haqida quvonib gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — Bu yerga kelganimizda o‘g‘limning ahvoli juda og‘ir edi. Muolajalar sabab ancha yaxshilandi. Burnidan qon ketib, ishtahasi butunlay yo‘qolgandi. Shifokorlar o‘g‘limga oqqon tashxisini qo‘yishdi. To‘rt marta kimyo terapiyani olganimizdan keyin qon ketish holatlari to‘xtadi, — deydi bemorning onasi.

    Keyingi paytlarda O‘zbekistonda bolalarning onkologik kasalliklarga chalinish holatlari qanchani tashkil etyapti, degan savolimizga shifokor quyidagicha javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Jahon statistikasi bilan taqqoslaganda, O‘zbekistondagi aholi soniga nisbatan yiliga 1500 ta bemor bola aniqlanishi kerak. Hozirgi kunda esa bu ko‘rsatkich 1000 tani tashkil etmoqda. Kasallikni erta aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekistonda ham onkologik kasalliklarni erta diagnostika qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Jahon statistik maʼlumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda bu kasallikka chalinish holatlari nihoyatda yuqori. Nosog‘lom ovqatlanish, gadjetlar, harakatsizlik, stress va atrof-muhitning ifloslanishi kasallikning uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.

    Bolalar onkologi o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda respublikamizning qaysi viloyatlarida bemorlar ko‘proq aniqlanishi haqidagi savolimizga quyidagicha javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Bemorlar orasida Navoiy, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelganlar nisbatan ko‘p. Navoiy viloyatida zavodlarning ko‘pligi, oltin konining borligi ham aholi salomatligiga o‘z taʼsirini o‘tkazadi. Chunki oltin koni ham o‘zidan radiatsiya chiqarish xususiyatiga ega. Orolning qurishi va sho‘rlanishi hisobiga u yerlik bolalar o‘rtasida ham onkologik kasalliklarga chalinish holatlari ko‘proq, — deydi shifokor.

    Ota-onalar farzandi salomatidagi qaysi o‘zgarishlar orqali onkologik kasalliklar rivojlanayotganini taxmin qilishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    — Agar bola holsiz bo‘lsa, ishtahasi yo‘qolsa, ko‘p terlab, tanasida turli toshmalar bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Tana haroratining meʼyoridan oshishi ham mumkin. Agar kasallik tananing tashqi tomonida paydo bo‘lsa, o‘simta shishib, bo‘rtib chiqadi. Shunday vaziyatlarda og‘riqning zo‘rayishini kutmasdan shifokor qabuliga borish kerak. Ammo ichki aʼzolardagi kasallik birdan ko‘zga tashlanmaydi.

    Shu bois hech bo‘lmaganda 6 oyda bir shifokor qabuliga borish kerak. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar o‘simta ancha kattalashgandan so‘ng murojaat qilishadi. Bu kasallik ikkinchi darajaga o‘tgani va yanada murakkablashganidan dalolat beradi. Jahon statistikasi bo‘yicha kasallik 1-2 darajada aniqlanib, davolansa, yashovchanlik ko‘rsatkichi ham 95 foizni tashkil etadi. Kerakli muolajalar qilinsa, kasallik 3-4-darajaga yetganida ham yaxshi natijalarga erishish mumkin, — deydi bolalar onkologi Kamol Iskandarov.

    15.02.2023, 22:05   Izoh (0)   9713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.