• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    Oshxonada tug‘ilgan g‘oya: Millionlab dollar ishlab topgan uy bekalarining 5 ta ajoyib hikoyasi

    Biz shuhrat va boylikka hatto rejalashtirmasdan erishganlar haqida gaplashamiz.

    Bett Grem: Kotibadan millionergacha

    Bir necha o‘n yillar oldin, odamlar xatolarni o‘chirg‘ich bilan ishqalab tuzatardi. Eri bilan ajrashishdan keyin hayoti keskin o‘zgargan va Xyustondan notanish Dallasga ko‘chib o‘tgan Bett Grexemning kotiba sifatida matn terishi mumkin bo‘lgan yagona daromad manbai edi. U qanday qilib matn terishni tezlashtirish va xatolarini kamaytirish haqida bir necha bor o‘ylaydi, bir kuni u ishlayotgan ikki rassomni ko‘rib qoladi. O‘sha kuni ertalab Bett emulsiyali bo‘yoq va cho‘tka bilan ishga keladi.

    Foto: Marie Claire

    Xatolarni o‘chirish bo‘yicha birinchi tajribalar muvaffaqiyatsiz tugaydi: bo‘yoq qog‘ozga singib ketadi, uzoq vaqt quritiladi, chiziqlar qoldiradi va yoqimsiz hid taratadi. Grem unga tuz va soda qo‘shib, suv yoki yelim bilan suyultiradi. Nihoyat u xohlagan narsasiga erishadi: suyuq, mukammal oq va tez quriydigan “tuzatuvchi” aralashma. Dastlab uni hamkasblari va o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda ishlab chiqaradi.

    Foto: Marie Claire

    Keyinchalik ixtironi suyuqlik sifatida patentlab, zavodda ishlab chiqarishga o‘tadi. Keyin Bett Grexem ixtirosini Gillette’ga 47 million dollarga sotadi. Shu yo‘l bilan u qariganda farovon hayot va yolg‘iz o‘sgan o‘g‘li Maykl Nesmisning (mashhur Monkees rok guruhi asoschisi) porloq kelajagini ta’minlaydi.

    Joy Mangano: Zamonaviy Zolushka hikoyasi

    AQSHda Joy Mangano uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq butun dunyo u haqida bir necha yil oldin amerikalik ayolning aqlbovar qilmaydigan hayotiy hikoyasiga asoslangan “Joy” filmi chiqqanida gapira boshlagan. Mangano ajrashgandan keyin uchta bolani yolg‘iz katta qildi, lekin hech qachon qiyin sharoitlarda bahona izlamadi, balki ulardan foyda olishga harakat qildi. Tasodifan singan bokal bo‘laklarini supurayotib, Joy qo‘lini kesib oladi. U o‘ylagan birinchi narsa — tozalayotganda qo‘llarga tegmaydigan shvabra o‘ylab topilganda yaxshi bo‘lardi. Paxta tolali “dumi” va siqish mexanizmiga ega bo‘lgan Miracle Mop plastik konstruksiyasi Joyning birinchi ixtirosi edi.

    Foto: Marie Claire

    Mangano dastlabki 100 ta shvabra dizaynini o‘z cho‘ntagidan to‘laydi va ularni otasining apparat do‘konida sotishga harakat qiladi. G‘oya muvaffaqiyatsizlikka uchraydi: sarflangan 100 000 dollardan o‘ndan birini ham qaytarib ololmaydi. O‘jar Joy taslim bo‘lmaydi: mahsulotining asosiy maqsadli auditoriyasi uy bekalari ekanligini to‘g‘ri baholab, u QVC televizor do‘koni bilan shartnoma imzolaydi va o‘zi ekranda paydo bo‘lib, ajoyib yordamchini reklama qiladi. Xarizma va ishontirish san’ati samarasini beradi — 20 daqiqalik efir sabab 18 mingta shvabra sotiladi. Amerika orzusi ushala boshlaydi: atigi 2-3 yildan so‘ng Joy kompaniyasi yiliga 1 million dollar foyda keltiradi. Ammo bu uning uchun yetarli emasdek tuyuladi va Miracle Mop’dan keyin boshqa foydali aksessuarlar paydo bo‘ladi (qoplamali kiyim ilgichlar, garderob organizatorlari, o‘qish uchun ko‘zoynaklar, original uy atirlari va boshqalar) — Mangana jami 100 dan ortiq mahsulotlarini patentlaydi va dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning hayotini osonlashtirgan original g‘oyalar sohibasiga aylanadi.

    Kim Levin: oshxonada tug‘ilgan ilhom

    Yana bir uy bekasi Alabama shtatidan Kim Levin erining hovlida molga berish uchun makkajo‘xori donini sumkachada olib chiqib ketayotganini ko‘radi. Uning to‘rtburchak shakli charchagan Kimda avvaliga shinam yostiqda uxlash istagini uyg‘otadi, keyin esa ajoyib g‘oya — agar bu donlarni yostiq jildiga solsa, yaxshi uxlash trenajyorini yaratish mumkin. Amerikalik ayol ilk spa-yostig‘ini bir necha daqiqada tikadi va ishidan mamnun bo‘ladi: makkajo‘xori donlari mushaklar kuchlanishida, donlarning sirli shitirlashi esa asabni tinchlantirishda yordam berdi. Keyin Kim mikroto‘lqinli pechda yangi aksessuarni isitishni taxmin qiladi: makkajo‘xori yaxshi hid chiqaradi va issiqlikni mukammal ushlab turadi.

    Foto: Marie Claire

    Avvaliga Kim o‘z ixtirosidan tijorat maqsadlarida foydalanishni xayoliga ham keltirmaydi: u qarindoshlari va do‘stlariga sovg‘a qilish uchun dam olish yostiqlarini yasaydi. Ammo sarafan radio (biror narsaning og‘izdan og‘izga o‘tib, tez tarqalishi) tufayli buyurtmalar ko‘payishi sababli kelajakdagi istiqbollar haqida o‘ylay boshlaydi.

    Foto: Marie Claire

    Kim kompaniya tuzadi, uni Vuvit deb nomlaydi va reklama ishlarini ham o‘z zimmasiga oladi: do‘konlarga qo‘ng‘iroq qiladi, ko‘rgazmalar va taqdimotlarda qatnashadi, u yerda o‘z ixtirosi haqida gapiradi, hunarmandchilik yarmarkalarida peshtaxta ortida turadi. Eng yirik chakana sotuvchilardan biri Saks Fifth Avenue ─ spa-yostiqlarini sotuvga olib chiqqanida omad unga kulib boqadi. Daromadli shartnoma startapni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi: Levin olingan foydani mahsulotni yaxshilash va ommalashtirishga sarflaydi. Bugungi kunda Kim ko‘p million dollarlik imperiya egasi bo‘lib, u spa-yostiqlari bilan bir qatorda uy-ro‘zg‘or buyumlarining keng assortimentini ham ishlab chiqaradi.

    Sheri Shmeltser: o‘yin bo‘lib boshlangan biznes

    Foto: Marie Claire

    Bir million dollar yo‘q joydan ─ tom ma’noda teshiklardan paydo bo‘ladi. Uy bekasi va uch farzandning onasi Sheri Shmeltser bolalarining Crocs poyabzalini shunchaki bezashga qaror qiladi. Avvaliga teshiklarga gullar, so‘ngra tugmachalar va shundan keyingina ─ kichik loydan haykalchalar qo‘shiladi. Shunday qilib, qulay, ammo zerikarli ko‘rinadigan kauchuk poyabzallar bir zumda o‘zgaradi. Avvalo qo‘shnilar va ularning bolalariga Shmelzer aksessuarlarini 3 dollarga sotadi. Talab o‘sa boshlaganida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish vaqti kelgani ma’lum bo‘ladi.

    Foto: Marie Claire

    Barcha jamg‘armalarini xavf ostiga qo‘yib, er-xotin muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi: oy sayin daromad o‘sib bordi va jibbitlar dizayni yangi variantlar bilan to‘ldirildi. Gullar va jonivorlar, harflar va raqamlar, sevimli multfilm qahramonlari, davlat bayroqlari – Sherining tasavvuri cheksiz edi. Bir yil ichida ajoyib aksessuarlar sotuvi butun dunyo bo‘ylab 8 million donaga yetdi va er-xotin Shmelzerlar mahsulotlarini Crocs’ga 20 million dollarga sotishdi.

    Juli Din: ehtiyoj boylikka olib keladi

    Cambridge Satchel kompaniyasining muvaffaqiyati haqiqatan ham ajoyib, chunki Buyuk Britaniyadagi eng zamonaviy va taniqli brendlardan biri 10 yoshga ham to‘lmagan. Ajablanarlisi shundaki, har bir o‘zini hurmat qiladigan ingliz moda blogeri va ko‘cha modasi ixlosmandlarida bo‘lishi kerak bo‘lgan “Kembrij sumkasi” g‘oyasi hech qachon modaga qiziqmagan uy bekasi Juli Dinda tug‘ilgan.

    Uning barcha e’tibori bolalarga va ularning maktab muammolariga qaratilgandi: kattasi Emili sinfda shafqatsizlarcha tahqirlangan (kamida oilaning moliyaviy ahvoli og‘irligi sababli), kichigi Maks tom ma’noda “potterian” bo‘lib, uxlaganda ham portfelini yonidan qo‘ymay, o‘zini “Xogvarts talabalari kabi” tutardi. Vaziyat yana chegaraga yetganda ingliz xonim kompyuterga o‘tiradi, biroz gugllaydi va eskizlari bo‘yicha o‘nlab charm sumka tikish uchun o‘zi tanlagan atelyega buyurtma beradi. “Kembrij sumkasi”da Juli sumka qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi o‘z g‘oyalari va bolalarning ideal maktab sumkasi haqidagi orzularini mujassam etgan.

    Foto: Marie Claire

    Sumkalar tayyor bo‘lgach, ularni nimadir qilish kerak edi. Dastlab, Juli internet-sayt yordamida savdo qildi — chiroyli sumkalar juda tez tarqaldi. Juli o‘zini maktab auditoriyasi bilan cheklamaslikka qaror qildi va moda blogerlariga tayandi. U yangi brend haqida ma’lumot va jozibali fotosuratlar tayyorlash uchun juda ko‘p vaqt sarfladi. Taqdimotlarda, moda kechalarida va shunchaki ko‘chalarda Kembrij Satchel mashur bo‘ldi.

    Foto: Marie Claire

    Sumkalar tobora ommalashib, e’tibordan chetda qolmadi: New York Fashion Week-2011 arafasida Elle UK Julidan bo‘lajak moda namoyishi uchun “Kembrij sumkalari”ning bir nechta namunalarini taqdim etishni so‘radi. O‘sha paytda klassik qora va jigarrang ranglarda ishlab chiqarilgan Kembrij Satchel rang palitrasi maksimal darajada kengaytirildi — yorqin ranglari paydo bo‘ldi. Nyu-York moda haftaligi podiumlaridan Kembrij sumkasi Bloomingdales va Saks vitrinalariga chiqdi. Hozirgi kunda “Kembrij sumkalari” dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi.

    Foto: Marie Claire
    21.03.2023, 12:20   Izoh (0)   5164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.